Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya paromi Su-24 samolyoti bilan bog‘liq mojarodan keyin birinchi marta Turkiyaga jo‘nadi
Rossiya dumasining Sevastopoldan deputati Dmitriy Belik Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlar yaxshilangandan keyin Rossiyaning "Varyag" paromi Sevastopol portidan Turkiyaning Zo‘ng‘uldak portiga birinchi marta jo‘naganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Belikning aytishicha, parom aloqasining tiklanishi ikki davlat uchun muhim voqea bo‘ldi.
"Ular bu paromni gullar bilan bo‘lmasa-da, biroq ko‘zlarda xursandchilik bilan kutib olishlariga ishonchim komil", deb qo‘shimcha qildi Belik.
2015 yil Qrim rahbari Sergey Aksenov Turkiya bilan parom aloqa va istalgan amaliy aloqalarga taqiqlov kiritilishini e'lon qilgandi. Bunga Rossiyaga qarashli Su-24 samolyotining Suriyada turk kuchlari tomonidan urib tushirilishi sabab bo‘lgandi.
Mavzuga oid
09:59
Putin Ukraina hujumlarining muvaffaqiyatini pasaytirib ko‘rsatdimi?
05:49
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
10:35 / 04.07.2026
Rossiyada safarbar etilganlar uchun tibbiy ko‘rik tartibi o‘zgarishi mumkin
09:50 / 04.07.2026