21:31 / 28.10.2016
10556

Samsung Galaxy S8 smartfonining ba'zi jihatlari ma'lum qilindi

3dnews.ru

Samsung kompaniyasining mobil kommunikatsiyalar vitse-prezidenti Li Kyong-te kompaniyaning bo‘lg‘usi smartfoni Galaxy S8 bo‘yicha bir qator izohlar berdi. 

Galaxy Note 7 fableti muvaffaqiyatsiz debyutidan keyin Janubiy Koreya kompaniyasiga "o‘zini oqlab olishi" uchun aynan Galaxy S8 yordam berishi kerak. Smartfon keyingi yil fevraliga chiqishi, bozorda esa martdan oldin bo‘lmagan sanada chiqishi aytilmoqda. 

Li Kyong-tening aytishicha, smartfon "nozik" dizayn oladi. Smartfon korpusining chetiga tushib turadigan displey bilan ta'minlanadi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, ekran o‘lchami 5,5 dyuymni, ko‘rsatish qobiliyati esa 3840 × 2160 pikselni (4K/UHD format) tashkil qiladi. 

3dnews.ru

Samsung rahbarining ta'kidlashicha, asosiy kamera ham yaxshilanmoqda. Biroq u haqda hozircha hech narsa ma'lum emas. Avvalroq smartfon suratlar sifatini oshirish va ranglarning chuqurligi haqida ma'lumotlarni olish imkonini beradigan kamera bilan jihozlanishi mumkinligi ma'lum qilingandi. 

Ta'kidlanishicha,  Galaxy S8’da su'niy ong texnologiyasiga asoslangan takomillashgan foydalanuvchi servisi paydo bo‘ladi. 

Gaplarga qaraganda, qurilma Qualcomm Snapdragon 830 yoki Exynos 8895 protsessori hamda 8 Gb operativ xotira oladi.

 

Mavzuga oid
Top