Latviyalik avtomobilini koka-kola bilan to‘ldirilgan hovuzda "cho‘miltirdi"
Internetda latviyalik 73 yoshli erkak o‘zining Audi 80 avtomobilini koka-kola bilan to‘ldirilgan hovuzda "cho‘miltirgani" videosi paydo bo‘ldi.
Avtomobil egasi hovuzga sellofan koplama yoyib chiqib, uni 12 ming litr koka-kola bilan to‘lg‘azgan. Buning uchun unga 6 ming dona 2 litrlik koka-kola kerak bo‘lgan. Bundan tashqari, hovuzga 40 kg soda solingan.
Video muallifi koka-kola zangni ketkaza olishi haqidagi gapni tekshirib ko‘rishga qaror qilganini aytgan. Biroq erkak tajribasi natijasi haqida ma'lumot bermagan.
Pensioner avtomobilni cho‘miltirish uchun 8 ming yevro sarflagan. Pensiyasi yiliga 2 ming yevroni tashkil qiladigan qariya bu pullarni qarindoshlari unga dori-darmon uchun bergan pullardan yiqqan.
Mavzuga oid
00:33 / 09.10.2024
Latviya mudofaa xarajatlarini qoplash maqsadida banklar uchun soliq joriy etadi
22:05 / 05.10.2024
Shvetsiya o‘z harbiylarini Latviyaga yuboradi
15:50 / 01.10.2024
O‘zbekiston va Latviya jinoyatchilikka qarshi kurashishda hamkorlikni kengaytiradi
01:59 / 30.09.2024