Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa Ittifoqi va Kanada erkin savdo haqidagi kelishuvni imzoladi
Yevropa Ittifoqi va Kanada Bryusseldagi sammitda erkin savdo (CETA) haqida kelishuvni imzoladi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi. Hujjat tomonlar o‘rtasida 99 foiz boj to‘lovlarining bekor qilinishini ko‘zda tutadi hamda Kanada va Yevropa Ittifoqining 28 ta davlati parlamentlari ratifikatsiya qilishigacha kuchga kiradi.
SeTA Yevropa Ittifoqida kattaroq ko‘lamdagi AQSh va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi erkin savdo kelishuvining prototipi sifatida (TTIP) qaralmoqda. TTIP bo‘yicha muzokaralar Yevropada qarshilik ko‘rsatilgani sababli to‘xtatildi. Xususan, ushbu kelishuvga AQSh agrosanoat majmuasi tomonidan raqabotchilikdan xavotirlangan Yevropa agrarchilari qarshi chiqqan.
SeTA’ning imzolanishi bir oycha avval Belgiyaning Valloniya viloyati tomonidan to‘silgandi. Biroq 27 oktabrda Belgiya federal hukumati va Yevrokomissiya mahalliy hukumatni bu qaroridan qaytarishga muvaffaq bo‘lgan.
Mavzuga oid
21:57 / 13.07.2026
Ukraina va Yevropa davlatlari raketaga qarshi mudofaa koalitsiyasini tuzdi
21:51 / 10.07.2026
Facebook va Instagram dizayni odamni «qaramlikka» olib kelishi aniqlandi
11:46 / 10.07.2026
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
11:05 / 07.07.2026