Jahon | 21:21 / 31.10.2016
4811
2 daqiqa o‘qiladi

Braziliyadagi yirik avtohalokatda 20 kishi halok bo‘ldi

Braziliyaning Parana shtatidagi yuqori tezlikdagi trassada yirik avtohalokat yuz berdi. 

BR-323 trassasida avtosisterna va avtobus to‘qnashuvidan keyin yong‘in chiqqan. Yong‘in juda kuchli bo‘lgan va voqea joyiga yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar hech narsa qilisha olmagan. Oqibatda avtosisterna va avtobus butkul yonib ketgan. Bu haqda Braziliya OAVlari xabar bermoqda.

Avtobusda mahalliy shifoxonadan ko‘zda operatsiya o‘tkazgandan keyin qaytayotgan bemorlar va ularning hamrohlari bo‘lgan. Yong‘in oqibatida 20 kishi tiriklayin yonib ketgan yoki olingan jarohatlardan halok bo‘lgan. 9 yo‘lovchini qutqarib qolishga muvaffaq bo‘lingan. Olov qurbonlarning jasadlarini tanib bo‘lmas darajaga keltirgan. 

Bir ayol avtobusdan saqrab qolishga ulgurgan, biroq yurak xurujidan vafot etgan. Tirik qolganlar orasida yangi tug‘ilgan chaqaloq borligi aytilmoqda. Hammasi bo‘lib avtobusda 30 ga yaqin odam bo‘lgan. Yo‘l-transport hodisasi sabablari o‘rnatilmoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid