Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namangan viloyati vakillari 2016 yilda 790 mln dollarlik meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilishdi
Illyustrativ surat
Namangan viloyati vakillari 2016 yilda 790 mln dollarlik meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilishdi. Bu haqda O‘zA axborot agentligi xabar bermoqda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Namangan viloyati vakillari 2016 yil yozda Toshkentda o‘tgan Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi doirasida 70 dan ko‘proq turdagi mahsulotlarni eksport qilish bo‘yicha shartnomalar imzolashgan. O‘nlab xorijiy hamkorlar bilan 189 mln dollarlik shartnomalar tuzilgan.
Viloyatda 463 mingta dehqon va 7560 ta fermer xo‘jaliklari faoliyat yuritadi. 225 ming gektardan ko‘proq maydonda meva va sabzavot yetishtiriladi, 1,371 mln tonna miqdorida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hosili olish, undan 368,8 ming tonnasini eksportga jo‘natish rejalashtirilgan.
Yil boshidan 124 ta eksport shartnomasi bo‘yicha xorijiy iste'molchilarga 790 mln dollarlik mahsulot yetkazib berilgan.
Mavzuga oid
23:34 / 07.04.2026
Namangan va Farg‘onada mansabdor shaxslar pora olayotganida qo‘lga olindi
09:04 / 03.04.2026
Rossiya benzin eksportini iyul oxirigacha to‘xtatdi
21:27 / 31.03.2026
O‘zbekiston ketma-ket besh oydan beri oltin sotmayapti
18:00 / 31.03.2026