AQShda eski va zamonaviy Nissan mashinalari to‘qnashtirildi
AQShning yo‘l xavfsizligi sug‘urta instituti (IIHS) Nissan’ning eski va zamonaviy modeli to‘qnashtirilgan krash-test videoroligini chop etdi. Institut shu tariqa bir ishlab chiqaruvchining turli bozorlardagi ikki asosiy modeli o‘rtasidagi xavfsizlik standartlaridagi farqni ko‘rsatmoqchi bo‘lgan.
Krash-testda Meksikada deyarli o‘zgarishsiz 25 yildan beri ishlab chiqariladigan va o‘zidan uchinchi avloddagi Sentra modelini aks ettiradigan Nissan Tsuru sedani va AQShda sotiladigan 2016 model yilidagi zamonaviy "Nissan" to‘qnashtirildi.
Mashinalar umumiy yaqinlashish tezligi 129 km/soat bo‘lgan holda to‘qnashtirildi.
2017 yil may oyida Nissan Tsuru xavfsizlikka talablarning kuchaytirilgani sababli ishlab chiqarishdan olinadi. Bu modelning yangi me'yorlarga mos qilib modernizatsiya qilinishi kompaniyaga iqtisodiy tomondan nafsiz bo‘lishi aytilmoqda.
Mavzuga oid
22:08 / 13.11.2020
Volvo 30 metrlik balandlikdan yangi mashinalarni tashlab antiqa sinov o‘tkazdi (video)
22:00 / 28.12.2017
Ikki million dollarlik giperkar krash-testi (video)
15:00 / 14.12.2017
Bunaqasi bo‘lmagan: Fiat Punto avtomobili xavfsizligi 0 ga baholandi
18:25 / 10.12.2017