Yevropaning yangi avtomobillar xavfsizligini baholaş taşkiloti – Euro NCAP 15 ta yangi avtomobil: Alfa Romeo Giulietta, BMW 6 Series, Dacia Duster, DS 3, Fiat Punto, Ford C-Max i Grand C-Max, Hyundai Kona, Jaguar F-Pace, Kia Stinger, Kia Stonic, MG ZS, Opel Karl, Toyota Aygo, Toyota Yaris’ni sinovdan ötkazdi.

Bu sinalgan modellar içidan Fiat Punto avtomobili Euro NCAP tarixida 0 baho olgan yagona maşina böldi. Bu antirekord böldi: hali birorta avtomobil bunday past körsatkiçlarni namoyiş qilmagan.

Taşkilot mutaxassislarining aytişlariça, bu maşinada yölovçilar va bolalarning himoyalanganlik darajasiga 2 ta yulduz bersa böladi. Biroq xetçbekda qöşimça xavfsizlik tizimlari, misol uçun, tezlikni nazorat qiliş va orqa örindiqdagi yölovçilarni xavfsizlik kamari taqilmaganidan ogohlantiriş tizimi mavjud emas. Taşkilot qoidalariga köra, uşbu xavfsizlik tizimlarisiz yuqori baho oliş mumkin emas.

Foto: Euro NCAP

Model yölovçilarni old töqnaşuvda himoyalaşiga 19,7 ball yoki maksimal natijadan 51 foiz olgan. Kraş-testlar davomida mutaxassislar modelda deformatsiyalanadigan tösiqqa urilişda, maşinaning butun eni böylab old va yon tomondan urilişda kökrak qafasi past darajada himoyalanganini qayd qilişgan. Bundan taşqari, maşina orqadan zarbaga uçraganda yomon himoyaga ega.   

Foto: Euro NCAP

Bolalarni himoyalaş böyiça Fiat Punto 21,4 ball (maksimaldan 43 foiz) oldi. Bu tizim old töqnaşuvda yetarliça, yon tomondan zarba berilganda past darajada himoya bilan ta'minlaydi. 

Umuman olganda, kraş-testlar natijalariga köra MG ZS (71 foiz himoyalaş), Dacia Duster (71 foiz), Kia Stonic (85 foiz), Toyota Aygo (74 foiz), Alfa Romeo Giulietta (72 foiz), Ford C-MAX (76 foiz), Grand C-MAX (76 foiz), Opel Karl (61 foiz) va the DS 3 (69 foiz) maksimal 5 yulduzdan 3 yulduz olgan.

Reyting yetakçilari esa Hyundai Kona (87 foiz), Kia Stinger (93), BMW 6 Series (86), Jaguar F-Pace (93) va Toyota Yaris (83 foiz) böldi. Bu modellarning barçasi maksimal 5 yulduz olgan.