Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ar-Riyod IHT bosh kotibligiga o‘zining sobiq vazirini tavsiya qildi
Saudiya Arabistoni podshohligi Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibligiga podshohlikning ijtimoiy masalalar bo‘yicha sobiq vaziri Yusuf Bin Ahmad al-Usayminni ilgari surmoqda, deyiladi mintaqaviy tashkilot bayonotida.
Tashkilotning sobiq bosh kotibi Iyod Madaniy 31 oktabr kuni kechqurun iste'foga chiqqanini e'lon qilgan edi. Bunga uning Misr prezidentiga oid oshkora hazilidan so‘ng, yog‘ilgan tanqidlar sabab bo‘ldi.
IHTning sobiq rahbari Tunis prezidenti bilan suhbatda muzlatgichida «suvdan boshqa yana nimadir» borligiga umid bildirgan. Bu iborani As-Sisiyning so‘zlariga kesatiq sifatida qabul qilishgan. As-Sisi oktabr oyida, o‘n yildan beri uning muzlatgichida suvdan boshqa hech narsa yo‘qligini iddao qilgan edi.
Natijada Misr TIV rahbari Madaniyning so‘zlarini tanqid qildi. Shuningdek, Misr tashkilot kotibiyatiga nisbatan o‘z qarashini o‘zgartirishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Rasmiy Qohira ma'muriyati, mamlakat TIV bayonotiga muvofiq, Ar-Riyod nomzodini qo‘llab-quvvatlagan.
Mavzuga oid
13:58 / 06.05.2026
Eron urushi: BAA va Saudiya o‘rtasidagi yashirin ziddiyatlar yuzaga chiqdi
12:05 / 20.04.2026
Bedarak yo‘qolgan moviy olmos – tailandlik xizmatchi Saudiya qirollik oilasining boyliklarni qanday o‘g‘irlagandi?
07:33 / 17.04.2026
Saudiyaning bir kilometrlik minorasi qurilishi 100-qavatga yetdi
22:30 / 16.04.2026