Jahon | 20:30 / 01.11.2016
4689
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniya TIVning yangi rahbari Boris Jonsonga ko‘chada velosipedda yurish taqiqlandi

Foto: metronews.ru

Buyuk Britaniya TIVning yangi rahbari Boris Jonsonga London politsiyasi terrorchilik xavfi tufayli shahar ko‘chalarida velosipedda yurishni taqiqladi.  Bu haqda “Exo Moskva” xabar bermoqda.

“Deyli Meyl” gazetasining eslatishicha, Jonson mer bo‘lgan kezlarida uydan meriyaga odatda velosipedda qatnagan. Endi u vazirlikka xizmat limuzinida qatnashiga to‘g‘ri keladi. Nashrning ma'lum qilishicha, Jonson endi rasmiy kvartirasidan Bukingem qasridan uncha uzoqda bo‘lmagan vazirlikka mashinada qatnaydi. Bu esa uning ishga borishiga bir soat ketishiga sabab bo‘ladi.

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid