Jamiyat | 23:25 / 01.11.2016
18507
2 daqiqa o‘qiladi

Mashina oyna tozalagichlari ostida qoldirilgan maktub internetda ommalashib ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Kanadadagi Shervud-park shahrida yashovchi ayolning avtomobili oyna tozalagichlari ostida qoldirilgan maktub ommalashib ketdi. Paula Gjyelyak-Shults ismli bu ayolning bu haqdagi xabari qisqa vaqt ichida 20 mingta layk va mingdan ko‘proq izoh to‘pladi. Bu haqda xorijiy OAV xabar bermoqda. 
 
Xabarga ilova qilingan suratga ko‘ra, maktubni ayol bundan avval tashrif buyurgan Original Joe's restorani xodimi qoldirganligini ko‘rish mumkin.

"Men sizga kechasiga mashinangizni avtoturargohda qoldirganingiz uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Men siz spirtli ichimlik ichganmisiz-yo‘qmi bilmayman, biroq rulga mast holatda o‘tirmaganingiz uchun sizga rahmat. Maktub ichida siz bir funtlik (0,45 kg - tahr.) juda mazali tovuq qanotchalariga vaucherni topasiz. Iltimos, buni mas'uliyatligingiz uchun minnatdorchilik ramzi sifatida qabul qiling. Hayot – bu bebaho ne'mat. Yaxshi dam olish kunlari tilab qolamiz", deb aytilgan maktubda.  

"Men bu maktubni mashinam old oynasida aniqlaganimda, kimgadir restoran oldida mashinasini qo‘yishiga xalaqit berdimmikin, deb o‘yladim. Ajoyib! Men bunday e'tibordan juda hayratdaman, u yerga aniq yana qaytaman. Tovuq qanotchalari uchun emas, albatta, balki mijozlarga bunday yaxshi munosabat uchun", deb izoh berdi ayol bu vaziyatga feysbukda.

O‘z navbatida, restoran xodimlari o‘z rasmiy saytlarida ularning bu jonbozliklari internetda ommalashib ketganidan taajjub bildirishgan.

Mavzuga oid