Jahon | 20:13 / 01.11.2016
4760
2 daqiqa o‘qiladi

Ozarboyjonlik jurnalist Shveytsariyada boshpana berilishini so‘ramoqda

Foto: REPORT IA

Ozarboyjonlik jurnalist Rauf Mirqodirov Shveytsariyada siyosiy boshpana berilishini so‘ramoqda. Avvalroq u yerda uning oilasi boshpana olgandi.

Jurnalistning boshpana olishga ariza bergani haqida uning advokatiga iqtibos keltirgan holda bir qator axborot agentliklari ma'lum qilgan.  

Rus tilida chop etiladigan "Zerkalo" gazetasining jurnalisti 2014 yilda Turkiyada ushlangan va u yerdan Ozarboyjonga deportatsiya qilingan. Jurnalist oilasi Turkiyada qolgan va keyinroq Shveytsariyada siyosiy boshpana olgan.

2015 yilda jurnalist davlatga xiyonat qilganlik uchun 6 yillik qamoq jazosiga tortilgandi. Ayblov hukmida huquq himoyachisi Leyla Yunus jurnalistni Armaniston razvedkasiga ishlashga yollagani aytilgan.

Mart oyida hakamlik sudi jurnalistga berilgan jazoni 5 yillik shartli muddat bilan almashtirgan. Jurnalistning o‘zining aytishicha, u hech qachon Armaniston yoki boshqa bir davlat maxsus xizmatlari bilan ish ko‘rmagan. U jazo hukmining to‘liq bekor qilinishini istamoqda.

Jurnalistga 2016 yil yozida oilasi bilan ko‘rishish uchun xorijga chiqishga ruxsat berilgan. Uning ta'kidlashicha, u oilasi bilan birga bo‘lishni istagani va Ozarboyjonda uning erkinligi va hayoti xavf ostida bo‘lgani uchun boshpana berilishini so‘ragan.   

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid