Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Gulenning AQShdan ekstraditsiya qilinishi jarayoni tezlashganini aytdi
Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari No‘'mon Kurtulmush muxolif imom Fathulla Gulenning AQShdan ekstraditsiya qilinishi jarayoni tezlashganini aytdi.
"AQSh hukumati Gulenni ekstraditsiya qilish masalasi ko‘rilayotgan vaqtda uni ertagayoq topshirish yoki hibsga olish haqidagi qarorni qabul qilishini kutish kerakmas. Biroq bu jarayon tezlashdi, bunga Turkiya adliya vaziri Bakir Bo‘zdagning AQShga safari yordamlashdi", deb aytdi Kurtulmush Anqaradagi matbuot-anjumanida.
Uning aytishicha, Turkiya hukumati AQSh rahbariyati va sud instansiyalari yaqin orada Gulenni hibsga olish va ekstraditsiya qilish uchun barcha zaruriy choralarni ko‘rishlariga umid qilmoqda.
Mavzuga oid
11:32
Apacheʼni “qulatgan” iroqlik dehqon – Amerika harbiy vertolyotini miltiqda urib tushirib bo‘ladimi?
22:21 / 17.07.2026
Urush yana qaytalandi. Nega?
20:40 / 17.07.2026
Iroqda Trampning o‘limi uchun 10 million dollar mukofot va’da qilindi
10:55 / 17.07.2026