Halab jangarilari gumanitar yo‘lakdan chiqishga ruxsat berish uchun to‘lov talab qilmoqda
Suriyaning Halab shahriga o‘rnashib olgan jangarilar tinch aholi vakillari orasida maxsus e'lonlarni tarqatmoqda. Unda, gumanitar yo‘lak orqali shaharni tark etishni istagan har biri kishi 150 ming Suriya lirasi (300 AQSh dollari) to‘lashi kerakligi yozilgan, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi.
Ta'kidlanishicha, bu varaqalar «Jaysh al Fath Oliy harbiy kengashi» tomonidan tarqatilmoqda.
«Bizning rahbariyatimiz, Suriya armiyasi harbiylari tomonidan shaharning bombardimon qilinishi va mavzelarning to‘sib qo‘yilgani oqibatida tinch aholi vakillari chekayotgan aziyat darajasini tushunadi. Biz o‘zaro maslahatlashgan holda, 14 yoshgacha va 55 yoshdan kattalarga shaharni tark etishga ruxsat berishga qaror qildik. Buning uchun ularning har biri ketish imkoniyati uchun 150 ming Suriya lirasi to‘lashi kerak. Ushbu mablag‘lar frontdagi jangchilarimizni ta'minlashga sarflanadi», — deyiladi varaqa matnida.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Halab sharqidagi barcha jangarilar «Jabhat an-Nusra» tashkiloti gumashtalari ekanini aytgan edi.
Mavzuga oid
09:15 / 12.11.2024
AQSh Suriyada eronparast guruhlar obektlariga zarba berdi
15:30 / 04.11.2024
Lavrov: Zelenskiyning «rejasi» va «formulasi» Yevropani tinchlikka yaqinlashtirmaydi
12:50 / 02.11.2024
Lavrov Ukrainada urush boshlanganidan beri ilk bor Yevroittifoqqa boradi
10:30 / 02.11.2024