Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeChLning 4 tur o‘yinlaridan keyin 4 jamoaning keyingi bosqichga chiqishi aniq bo‘ldi
Yevropa chempionlar ligasining 4-turida birinchi kungi o‘yinlardan keyin 4ta jamoa muddatidan avval keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
A guruhida «Arsenal» va «PSJ» mos ravishda «Ludogorets» (3:2) hamda «Bazel» (2:1) jamoalarini yengib, ochkolari sonini 10taga yetkazdi. «Ludogorets» va «Bazel» jamoalari pley-offga chiqishdan umid uzdi. Bittadan ochkoga ega bo‘lgan bu jamoalar 10tadan ochko to‘plagan «Arsenal» va «PSJ»ni keyingi 2 turda qanday natijalar qayd etilishidan qat'i nazar quvib o‘ta olmaydi.
D guruhida «Atletiko» va «Bavariya» turnirning keyingi bosqichiga chiqib bo‘ldi. Bu jamoalar 4-turda mos ravishda «Rostov» (2:1) va «PSV Eyndxoven» (2:1) jamoalarini mag‘lub etdi.
Endilikda «Atletiko» 12 ochko to‘plagan, «Bavariya» hisobida 9 ochko bor va bu jamoalar muddatidan oldin keyingi bosqichda. Bittadan ochko bilan qolgan «Rostov» hamda PSV keyingi bosqichga chiqish uchun kurashdan chiqdi va Yevropa Ligasi yo‘llanmasi uchun o‘zaro raqobatlashadi.
Mavzuga oid
14:18 / 01.06.2026
«Keyingi yil YeChL uchun qaytamiz». «Arsenal» Londonda chempionlik paradi o‘tkazdi
15:43 / 31.05.2026
Parijda «PSJ» fanatlari tartibsizlik keltirib chiqardi – fotolar
00:04 / 31.05.2026
«PSJ» ketma-ket ikki marta YeChL g‘olibi bo‘ldi
12:01 / 25.05.2026