Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy KXDRga 3 mln dollarlik gumanitar yordam beradi
Xitoy savdo vazirligi KXDRga 20 mln yuan (3 mln dollar) miqdorida insonparvarlik yordami berish niyatini ma'lum qildi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.
Shimoliy Koreya milliy meteorologiya boshqarmasi ma'lum qilishicha, Xamgen-Pukto viloyatida yuz bergan suv toshqinlari 1945 yildan beri qayd etilgan eng kuchli tabiiy ofatdir. Mamlakatning ushbu shimoliy mintaqasida 29 avgustdan 2 sentabrgacha kuzatilgan surunkali yomg‘irlar sabab Tumangan daryosi o‘zanidan chiqib ketgan edi.
Tabiiy ofat natijasida 130dan ortiq odam hayotdan ko‘z yumgan, 400ga yaqin kishi bedarak yo‘qolgan edi. 70 mingga yaqin inson boshqa joyga ko‘chirilgan. Viloyatda 10 minglab turarjoy va jamoat binolari vayron bo‘lib, transport hamda energetika tizimiga katta talofat yetgan. Sanoat korxonalari va g‘alla dalalari zarar ko‘rgan.
Mavzuga oid
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
20:41 / 17.06.2026
Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi top-menejeri pora uchun o‘limga hukm qilindi
17:47 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Xitoyning yetakchi kompaniyalari va moliya institutlari delegatsiyasi bilan uchrashdi
09:56 / 16.06.2026