Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NYT: Asad qaysi muddatgacha Suriya prezidenti postida qolmoqchi ekanligini aytdi
Suriya prezidenti Bashar Asad o‘zining uchinchi prezidentlik muddati yakunlanguncha, ya'ni 2021 yilgacha prezident bo‘lib qolmoqchiligini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda The New York Times.
Damashqda prezident saroyi yaqinida o‘q ovozlari eshitilmagan. Aynan shu yerda Asad AQSh va Buyuk britaniyalik jurnalistlar bilan muloqot qildi.
Asad hukumat urushda g‘alaba qozonmagunicha hech qanday siyosiy o‘zgarishlar yuz bermasligini ta'kidlab o‘tdi. Uning aytishicha, u o‘zining uchinchi 7 yillik prezidentlik muddatini oxirigicha yakunlamoqchi.
Nashrning yozishicha, Asad o‘ziga ishonch bilan g‘arb jamoatchiligini ularning hukumatlari Suriya muxolifati va Asadning boshqa raqiblarini qo‘llab-quvvatlab xato qilganliklariga ishontirishga urindi.
U mehmonlarga Suriyada "ochiqlik, oydinlik va muloqot davri" barq urayotgani, bu esa uning maslahatchilari va amaldorlari sa'y-harakatlari evaziga amalga oshayotganini gapirib berdi.
Asad mamlakatda fuqarolik urushining boshlanishiga biror-bir shaxsiy javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi hamda bunda AQSh va radikal kuchlarni aybdor deb atadi.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026
«Mehr» operatsiyalari natijasida 530 dan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarildi
18:07 / 30.05.2026