Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulaziz Komilov Yevroparlament delegatsiyasi raisi bilan uchrashuvda o‘zaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
Foto: O‘zbekiston TIV matbuot xizmati
2016 yilning 2 noyabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Yevropa parlamentining Markaziy Osiyo mamlakatlari va Mo‘g‘uliston bilan aloqalar bo‘yicha delegatsiyasi raisi Iveta Griguleni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
I. Grigule Toshkent shahriga «O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi» parlament hamkorligi qo‘mitasining 12-yalpi majlisini o‘tkazish uchun Yevroparlament a'zolari guruhini boshqarib keldi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlarning ajralmas va muhim qismi sifatida Oliy Majlis palatalari va Yevroparlament o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va uni chuqurlashtirish istiqbollari muhokama qilindi.
Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, gumanitar va boshqa sohalardagi o‘zaro aloqalarning shartnomaviy-huquqiy asosini mustahkamlash va kengaytirish hisobiga ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanligi ta'kidlandi.
Uchrashuvda Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi rahbari, elchi Eduards Stiprays ishtirok etdi.
Mavzuga oid
16:13 / 23.01.2026
Yevroparlamentda fon der Lyayyenga ishonchsizlik votumi o‘tmadi
12:44 / 23.01.2026
Abdulaziz Komilov Tinchlik kengashiga qo‘shilish sabablarini izohladi
09:42 / 22.01.2026
Yevroparlament YeI–AQSh bojxona kelishuvi bo‘yicha ishni muzlatdi
15:01 / 21.01.2026