Yevrodeputatlar 11 fevral, çorşanba kuni Ukrainaga moliyaviy yordam paketi uçun ovoz berdi. U paketga 2026–2027 yillarda mamlakatning moliyaviy ehtiyojlarini qoplaş uçun 90 mlrd yevro miqdoridagi qöllab-quvvatlaş krediti (Ukraine Support Loan), şuningdek Ukrainani qöllab-quvvatlaş mexanizmi (Ukraine Facility)ga özgartirişlar va YeIning 2021–2027 yillarga möljallangan köp yillik moliyaviy doirasiga tuzatişlar kiradi. Bu tuzatişlar YeI budjetiga kredit uçun kafolat sifatida xizmat qiliş, foizlar tölovi va qarzga xizmat körsatiş böyiça boşqa xarajatlarni qoplaş imkonini beradi.

Endi mazkur qonunçilik hujjatlari YeI kengaşi tasdiğiga yuboriladi. Rasmiy jurnalda e’lon qilinganidan bir neça kun ötgaç, YeI kengaşi qarori kuçga kiradi va Yevrokomissiya Ukraine Facility mexanizmni işga tuşira oladi — Kiyevga birinçi tranşni aprel oyi boşidayoq tölaş uçun.

Yevroparlamentning öta öng guruhi — “Suveren millatlar Yevropasi” Ukrainaga moliyaviy yordam ajratilişini izdan çiqarişga harakat qildi va ovoz berişni keçiktirişni taklif qilgan rezolyutsiya loyihasini tayyorladi.

Ukraina YeI qöllab-quvvatlaşiga loyiq, ammo “bu 90 mlrd yevroni Rossiya tölaşi kerak”, — dedi uşbu guruh vakili, nemis yevrodeputati Xans Noyxof. “Biz hammamiz bilamizki, Rossiya heç qaçon buni qilmaydi va muzlatilgan Rossiya aktivlari ham bu moliyalaştiriş uçun heç qaçon işlatilmaydi”, — deya qöşimça qildi u.

Öta öng kuçlar tayyorlagan hujjatda Ukraina uçun yordam paketi böyiça ovoz berişni 24 fevralgaça qoldirişga çaqiriq bor edi. “Yevrokomissiya yevropalik fuqarolarga haqiqatni aytişi kerak: bu qarz emas, balki yevropalik soliq tölovçilar tölaydigan pul — (Ukraina prezidenti Volodimir. — tahr.) Zelenskiy hokimiyatda qolişi uçun”, — dedi nemis siyosatçisi.

Şu bilan birga, siyosiy guruhlar va tegişli qömitalar nomidan çiqqanlar ovoz berişni keçiktirişga qaratilgan qonun loyihasiga qat’iy qarşilik bildirdi. “Ukraina heç qaçon bugungidek bizga kuçli ehtiyoj sezmagan — qiş örtasida Rossiya uning şaharlari, elektr stansiyalari va aholisini bombardimon qilayotgan bir paytda. Bu — bizning burçimiz va xavfsizlik sohasidagi manfaatimiz. Şuning uçun biz Ukrainani qöllab-quvvatlaşni qabul qilişimiz va Kremlning sabotaji uçun ovoz bermasligimiz kerak!” — deb hamkasblarining qarsaklari ostida liberallar guruhidan fransiyalik yevrodeputat Natali Luazo çaqiriq qildi. Yakunda öta önglarning rezolyutsiya loyihasi sessiyadagi ovoz berişda qöllab-quvvatlanmadi.

YeI budjeti kafolati ostida erkin bozorlarda qarz oliş hisobiga Ukrainaga 90 mlrd yevro miqdorida kredit şaklida moliyaviy yordam ajratiş qarori Yevropa yetakçilarining Bryusseldagi sammitida 2025 yil 18 dekabr kuni qabul qilingan. Uni 27 a’zo davlatdan 24 tasi qöllab-quvvatladi. Vengriya, Slovakiya va Çexiya kreditda iştirok etişga qarşi çiqdi, ammo qarorning özini qöllab-quvvatladi.