Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik yigit meteorit bo‘lagidan qallig‘i uchun uzuk yasadi

Foto: Imgur
Shadmanx nikli Reddit foydalanuvchisi nyu-yorklik sevgilisi uchun noodatiy sovg‘a tayyorladi. U Yerga qulagan meteorit bo‘lagidan mustaqil ravishda uzuk tayyorladi. U uzukni tayyorlash jarayonini Imgur fotogaleriyasiga joylashtirgan.
chadmanx uzuk tayyorlash uchun 120 gramm og‘irlikka ega meteorit bo‘lagini sotib olgan. Avvaliga u ehtiyotkorlik bilan shakl chiqarib olgan, keyin uni chetlarini olib chiqqan. Shundan so‘ng, uzukning tashqi va ichki sirtini sayqallagan.
Eng asosiy muammo vaqt bo‘lgan. Metallni sindirib qo‘ymaslik va uzukning tashqi ko‘rinishini buzib qo‘ymaslik uchun u o‘ta sekinlik bilan ishlagan. Bundan tashqari, metall juda “qaysar” chiqib qoldi.
chadmanx uzuk o‘lchamini hisobga olmagan edi, shu bois unda uncha katta bo‘lmagan chandiq qoldi. Loyihaning amalga oshishiga ikki oy yoki tanaffussiz ishlangan deb hisoblansa, 35-40 soat ketgan.
Uzukning tashqi ko‘rinishi ingichka qismlari bois juda mo‘rt ko‘rinardi. Uning qo‘pol bo‘lagi esa juda xavfli bo‘lib, qiz bu bilan barmog‘ini jarohatlab olishi mumkin edi. Chadmanx uzukning chetlarini silliqladi va ular o‘tkirligini yo‘qotdi. Endi ikki sevishgan birgalikda uni bezash haqida bosh qotirishadigan bo‘ldi.
Chadmanx’ning so‘zlariga ko‘ra, qallig‘iga bu sovg‘a ma'qul bo‘lgan va u hamma ko‘rsin uchun uni doim taqib yurishga ahd qilgan.
Tavsiya etamiz
Urush nima bo‘lyapti?
Jahon | 19:26 / 07.08.2025
O‘zbekistonda tonirovka uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:45 / 07.08.2025
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
Yana issiq - hafta o‘rtasidan havo harorati ko‘tariladi
O‘zbekiston | 22:59 / 04.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Abituriyentlar tanlagan yo‘nalishida nechanchi o‘rinda turganini bilishi mumkin
Ta’lim | 12:14
-
Isroil muxolifati G‘azoni egallab olish rejasini «falokat» deb atadi
Jahon | 12:10
-
Inson sog‘lig‘i xavf tug‘diradigan holatlarda tekshiruvni xabardor qilish tartibida amalga oshirish mumkin – biznes ombudsman
O‘zbekiston | 12:05
-
Putin Uitkoffga MRB direktori o‘rinbosarining o‘g‘liga berilgan Lenin ordenini topshirdi
Jahon | 12:01
Mavzuga oid

22:00 / 17.07.2025
Marsning Yerdagi eng katta parchasi 5,3 million dollarga sotildi

12:37 / 07.09.2018
Halol taksichi unutib qoldirilgan 25 ming dollarlik uzukni qaytarib berdi

11:19 / 13.08.2018
30 ming dollarlik brilliant uzuk chiqindi uyumiga tashlab yuborildi va 4 daqiqa ichida topildi

09:40 / 04.10.2017