Kaliforniya ştatining San-Diyego şahrida yaşovçi oila tasodifan 30 ming AQŞ dollari qiymatidagi brilliant uzuk çiqindiga taşlab yubordi, biroq kommunal xizmatlar uni topişda yordam berdi. Bu haqda UPI xabar qildi.

Uyning tozalanişi paytida qimmatbaho buyum çiqindi savatçasiga tuşib qolgan. Uzuk egalari uning yöqolganini payqab qolgan vaqtda, uni allaqaçon umumiy çiqindixonaga olib ketib bölgandi.

Oila şahar rasmiylariga murojaat qilib, yordam söradi. Işçilar GPS yozuvlari orqali aynan qaysi çiqindi maşinasi ularning kvartaliga kirgani va u qayerda yöl olganini aniqlaş, söng sanoqli daqiqalar içida qimmatbaho buyumni topib berişdi.

«Ba'zan ularga nimanidir topiş uçun uç-tört soat vaqt kerak böladi. Ba'zida u umuman topilmaydi, - deya ma'lum qildi San-Diyego ma'muriyati vakili. - Tört daqiqa içida 30 ming dollarlik uzukni topib beriş - bu ança yaxşi natija».