Taksi haydovçisi Avstraliyaning Pert şahrida 25 ming Avstraliya dollari qiymatidagi nikoh uzugini topişda yordam berdi. Bu haqda SBS xabar qilmoqda.

Taksini hindistonlik talaba, Avstraliyani almaşinuv dasturi böyiça kelgan hamda böş vaqtida taksi haydab pul işlab topgan Singx Dillon (Singh Dhillon) boşqargan. U Tomas Karltonni (Thomas Carlton) manziliga olib borib qöygan, biroq erkak şoşgani tufayli maşinada öz uzugini unutib qoldirdi.

Karlton uzugi yöqolganini keyinroq payqadi va u qayerda ğoyib bölganini öylab boşi qotgan. U bir neça joyni tekşirib kördi, ammo uzuk topilmagan. «Bu falokat bölişi mumkin, çunki suğurta aynan bir kun oldin tugagandi», - deydi erkak.

Barça ğoyalardan mahrum bölib, u taksoparkka qönğiroq qilgan. Uning iltimosiga köra, dispetçer maxsus xabar tarqatdi va uni Dillon körib qolgan. Haydovçi maşinani tekşirib, yöqolgan uzukni topdi va egasiga olib borib berdi. Karlton bundan xursand bölib, pul taklif qildi, Dillon mukofotni rad etganida esa, çöntagiga 50 dollar solib qöydi.

Taksi haydovçisining tuşuntirişiça, u faqat öz işini qilgan. «Meni narx qiziqtirmaydi, çunki menga tegişli bölmagan narsalarni qaytariş mening burçim», - deydi u.