Assanj: Klintonni shuhratparastligi kemirayapti
Maxfiy ma'lumotlarni oshkor etishi bilan dong taratgan WikiLeaks sayti bosh muharriri Julian Assanj RT telekanaliga bergan intervyusida bayonot berishicha, u AQSh prezidentligi uchun Demokratik partiya nomzodi Hillari Klintonga achinadi. Chunki, Assanjning so‘zlariga ko‘ra, «uning shuhratparastligi Klintonni ichidan kemirmoqda».
«Men haqiqatdan ham Hillari Klintonga inson sifatida achinaman, chunki men uning ichini o‘z shuhratparastligi kemirayotganini ko‘rayapman. U shunchalik aziyat chekmoqdaki, bundan bemor holatiga ham tushmoqda. Ba'zan, u o‘z orzu–istaklari ortidan shu qadar quvganidan, hushini ham yo‘qotib qo‘yadi», — degan Assanj.
Avvalroq, Assanj advokati bergan bayonotga ko‘ra, Klinton AQSh prezidentligi uchun saylovlarda g‘alaba qozongudek bo‘lsa, WikiLeaks asoschisiga bo‘lgan tahdidlar sezilarli oshadi.
AQSh prezidentligi uchun nomzod Hillari Klinton 2001 yil 11 sentabr voqealariga bag‘ishlangan xotira anjumanida ishtirok etish vaqtida hushidan ketgani xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
21:21 / 14.11.2024
AQSh dollarining mustahkamlanishi global muammoga aylanadi - The Economist
16:56 / 14.11.2024
AQSh saylovlarida respublikachilar Kongressda ham ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritdi
15:46 / 14.11.2024
“Abadiy ximikatlar” yoshlarda buyrak shikastlanishiga olib kelishi mumkin - tadqiqot
15:42 / 14.11.2024