Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama nomiga atalgan hashorat Buyuk Britaniyada chuvalchanglarga qiron keltirmoqda
AQSh prezidenti Barak Obama sharafiga atalgan Nungara Flatworm yassi zararkunanda qurti Buyuk Britaniya chuvalchanglariga xavf solmoqda. Daily News nashrining xabar berishicha, bunday hashoratlardan biri bog‘da aniqlangandan keyin shunday xulosaga kelingan.
"Buyuk Britaniyada bu turdagi qurt birinchi bor 2008 yilda Gernsi orolida paydo bo‘lgan, biroq endi u qit'ada ham tarqamoqda", degan xulosaga keldilar olimlar.
Olimlar zararkunanda tuproqning hosildorligini qo‘llab-quvvatlovchi chuvalchanglarni o‘ldirayotgani sababli bong urmoqda.
Obama Nungara Flatworm qurti kelib chiqishi Janubiy Amerikadan bo‘lib, o‘simliklar importining zaif nazorati sababli Yevropa, jumladan, Fransiya va Ispaniyada tez tarqalib ketdi va ziyon yetkaza boshladi.
Bu qurt jonzotlar qonida yashovchi yassi qurt bo‘lib, u joriy yilda alohida tur sifatida identifikatsiya qilindi. Bungacha u xato ravishda Baracktrema obamai qurti sifatida qabul qilinayotgandi. Baracktrema ham, unga qardosh Nungara Flatworm ham Obama sharafiga atalgan.
Mavzuga oid
19:09 / 14.07.2026
Elektromobillarda eng ko‘p uchraydigan nosozliklar ma’lum qilindi
18:58 / 09.07.2026
McLaren afsonaviy V8 superkarining yakuniy versiyasini taqdim qildi
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
20:11 / 30.06.2026