Sport | 20:07 / 03.11.2016
32044
1 daqiqa o‘qiladi

"Paxtakor" muxlis to‘plash borasida antirekord o‘rnatdi (Foto)

Foto: Tribuna.uz

Oliy liganing 28-turida "Paxtakor" o‘z maydonida "Sho‘rtan"ni qabul qildi. Toshkentda kechgan o‘yinda "sherlar" 5:2 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. 

E'tiborlisi, mazkur uchrashuvni kuzatish uchun stadionga 204 nafar muxlis tashrif buyurgan. Bu haqda Tribuna.Uz sayti xabar berdi.

Bu esa oliy ligadagi joriy mavsumdagi eng kam tomoshabin tashrifi bo‘ldi. 

Foto: Tribuna.uz

"Paxtakor"ning bu uchrashuvini kuzatish uchun muxlislarning soni kam bo‘lganiga katta ehtimol bilan tinimsiz yomg‘ir yog‘ib turgani sabab bo‘lgan.

Foto: Tribuna.uz
Foto: Tribuna.uz
Foto: Tribuna.uz
Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid