Jahon | 22:59 / 03.11.2016
8237
2 daqiqa o‘qiladi

Suriyada Rossiya Davlat dumasi deputati yordamchisi halok bo‘lgani ma'lum bo‘ldi

Foto: kp.ua

Rossiya Davlat dumasi deputati Mixail Degtyarev (LDPR) yordamchisi bo‘lgan va Suriyaga jang qilgani ketgan Sergey Morozov 9 mart kuni Suriyada halok bo‘lgan, deb ma'lum qildi 3 noyabrda Reuters axborot agentligi. Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, u Palmira shahri yaqinida artilleriya otishmasiga tushib qolishi oqibatida yaralangan, biroq shifoxonaga yo‘lda halok bo‘lgan.

Degtyarev Reuters axborot agentligiga 38 yoshli Morozov uning do‘sti bo‘lganini va Palmira jangarilar nazorati ostida bo‘lganda u yerdagi janglarda halok bo‘lganini tasdiqladi.  

Agentlikning ta'kidlashicha, yil boshi yuzlab rossiyalik jangchilardan iborat bo‘lgan va Suriya prezidenti tomonida jang qilgan bo‘linma uchun omadsiz kelgan. Ta'kidlanishicha, Morozovgacha 3 fevralda Halabda jangarilar bilan otishmada uning tengdoshi Maksim Kolganov ham halok bo‘lgan.

Agentlikning ta'kidlashicha, halok bo‘lgan jangchilar oilalariga medallar topshirilgan. Kolganov ham, Morozov ham harbiylar bo‘lmaganlar, ular Suriyada yollanma jangchilar sifatida jang qilganlar.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid