Ötgan haftada Palmira uçun jang vaqtida Ğarbiy harbiy okrug ştabining jangovar harbiy tayyorgarlik boşqarmasi boşliği, general-mayor Petr Milyuxin minaga duç kelgan.
Xabarlarga köra, general ikki oyoği va közidan ajralgan. Xmeymimdagi bazada unga birinçi tibbiy yordam körsatilgan. Ahvoli keskin yomonlaşgaç esa uni maxsus reys orqali Moskvaga keltirişgan va Burdenko nomidagi boş harbiy klinik gospitaliga joylaştirişgan.
Tibbiyot xodimlari uning ahvoli haqidagi ma'lumotlarni oşkor etişmagan.
Milyuxin Suriyadagi janglar vaqtida jarohatlangan ilk rossiyalik general böldi.
Rossiya harbiylari Milyuxinning jarohati haqida rasmiy bayonot bermagan.

Rasmiy ma'lumotlarga köra, Rossiya Suriyaga kirib, IŞIDga qarşi harbiy amaliyotlar boşlaganidan buyon (2015 yilning 30 sentabri) 30 nafar harbiysini yöqotdi. Ötgan yilning dekabrida Halabdagi otişmalar vaqtida rossiyalik polkovnik Ruslan Galitskiy oğir jarohat olgan va keyinroq gospitalda jon bergandi. 2017 yilning fevralida esa 4 nafar harbiy maslahatçi maşinada ketayotganida minaga duç kelib portlab ketdi.
Şu bilan birga Britaniyaning Sky News telekanali 2016 yil avgustida "Vagner" harbiy kampaniyasida iştirok etgan sobiq ikki jangçi bilan intervyuni e'lon qilgandi. Ular Suriyadagi harbiy harakatlar vaqtida 600 nafargaça rossiyalik harbiy halok bölgani haqida aytişgan.
Rossiya hukumati Suriyada qança harbiysi jarohat olgani haqida ma'lumot bermaydi.
IŞID Palmirani 2015 yil mayida bosib olgandi. 2016 yil martida Rossiya havodan qöllab-quvvatlab turgan Suriya hukumati qöşinlari şaharni ozod qildi. Ammo 2016 yil dekabrida suriyalik harbiylar şaharni jangarilarga taşlab çekindi. 2 mart kuni esa şahar yana qaytarib olindi.











