Palmiradagilar YuNeSKO yordam töğrisidagi va'dasini bajarmayotganidan şikoyat qilişdi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».
Palmira Muzeyi direktori Muhammad al-Asad şunday bayonot bilan çiqdi. U şahardagi qadimiy yodgorliklarni saqlovçi arxeolog bölgan va terrorçilar tomonidan öldirilgan Xalid al-Asadning öğli sanaladi.
«Hozirda qadimiy yodgorliklar boşqarmamiz YuNeSKO bilan özaro hamkorlik qilmoqda, biroq va'da berilgan yordam haligaça yöq», - deya iddao etadi muzeyning hozirgi direktori.
Uning sözlariga köra, terrorçilar harakati tufayli yetkazilgan zarar hajmini baholaş imkonsiz.
«Biz siz bilan Bel Ibodatxonasida bölib turibmiz – uni butunlay vayron qilişdi. Faqatgina toqi qoldi. Amfiteatr portlatib yuborildi. Baal Şamin Ibodatxonasi butunlay yer bilan yakson qilindi. Hamda maşhur toq ham vayron böldi», - deya aytib ötdi al-Asad.
Uning ta'kidlaşiça, Palmira nafaqat YuNeSKÖning, balki butun dunyoning madaniy merosi hisoblanadi.












