Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona viloyatiga 16 million dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya yo‘naltirildi
Farg‘ona viloyatida hududiy investitsiya dasturiga muvofiq joriy yilning o‘tgan davrida 123 milliard so‘mlik 105 istiqbolli loyiha amalga oshirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Farg‘ona viloyatida ham xorij kapitali ishtirokida ko‘plab ishlab chiqarish obektlari ishga tushirilmoqda.
Farg‘ona viloyati tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmasi boshlig‘i R.Sulaymonovning ma'lumotiga ko‘ra, joriy yilning 9 oyida investitsiya dasturi doirasida 11 ishlab chiqarish loyihasi uchun 154,2 milliard so‘m mablag‘ o‘zlashtirilgan. 11 qo‘shma korxona tashkil etilib, 16 million dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya yo‘naltirildi.
Yaqinda ish boshlagan Farg‘ona shahridagi “Fergana oseana textile” O‘zbekiston – Tailand qo‘shma korxonasi ana shulardan biridir. Korxonada 15 milliard so‘mlikdan ziyod qurilish-rekonstruksiya ishlari bajarildi. Tailand kompaniyasi bilan tuzilgan hamkorlik shartnomasiga asosan xorijdan 6 million yevrolik paxtani qayta ishlovchi va ip-kalava ishlab chiqaruvchi zamonaviy jihozlar keltirib, o‘rnatildi.
Jamiyatda yiliga 3 ming 600 tonna paxta xomashyosini qayta ishlash va sifatli, raqobatbardosh ip-kalava ishlab chiqarish imkoniyati mavjud. Mahsulotlar Yevropa davlatlari, Rossiya va Xitoyga eksport qilinadi.
Mavzuga oid
08:24 / 13.04.2026
DXX tezkor tadbiri: Qo‘qonga olib ketilayotgan dorilar to‘xtatildi
20:33 / 10.04.2026
So‘xni Farg‘ona bilan bog‘laydigan eng qisqa yo‘nalishda yangi yo‘l quriladi
20:16 / 09.04.2026
Shavkat Mirziyoyev So‘x tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi
18:37 / 09.04.2026