Özbekistonda kapital harakati bilan boğliq ayrim valuta operatsiyalarini amalga oşiriş tartibi soddalaştirildi.
Markaziy bank boşqaruvining 2 iyun kuni qabul qilinib, 15 iyunda röyxatdan ötkazilgan qaroriga asosan, 2026 yil 17 sentabrdan boşlab Özbekiston rezidentlari ayrim holatlarda xorijga investitsiya maqsadida pul çiqariş uçun oldindan alohida ruxsat olişi talab etilmaydi.
Xususan, jismoniy şaxslar bir kalendar yil davomida 10 000 AQŞ dollari ekvivalentidan yuqori bölmagan summada çet elda investitsiya faoliyatini amalga oşirişi, ya’ni çet eldagi korxonalarning ustav kapitalini şakllantiriş yoki uluşli iştirok etişi (kompaniya aksiyasini sotib olişi) mumkin.
Bunda, jismoniy şaxslar tomonidan çet eldagi brokerlik yoki investitsiya hisobvaraqlarini töldiriş uçun pul mablağlarini ötkaziş 18.12.2025 yildagi PF-254-son prezident farmoniga muvofiq faqat tegişli litsenziyaga ega investitsiya vositaçilari iştirokida amalga oşiriladi.
Bundan taşqari, bir kalendar yil davomida davlat uluşi mavjud korxonalar va ularning şu’ba taşkilotlari 100 000 AQŞ dollari, davlat uluşi mavjud bölmagan korxonalar esa 200 000 AQŞ dollari ekvivalentidan yuqori bölmagan summada çet elda investitsiya faoliyatini amalga oşirişiga ham ruxsat etilmoqda. Gap – çet eldagi korxonalarning ustav kapitalini şakllantiriş yoki uluşli iştirok etiş, çet elda filiallar, vakolatxonalar va savdo uylari faoliyatini taşkil etiş haqida ketmoqda.
Şuningdek, bir kalendar yil davomida davlat uluşi mavjud korxonalar va ularning şu’ba taşkilotlari 50 000 AQŞ dollari, davlat uluşi mavjud bölmagan korxonalar esa 100 000 AQŞ dollari ekvivalentidan yuqori bölmagan summada çet eldagi öz filiallari va vakolatxonalarini aylanma mablağlar bilan töldiriş huquqiga ega böladi.
Rezidentlar çet eldagi investitsiya faoliyati böyiça ma’lumotlarni













