Jamiyat | 15:15 / 04.11.2016
4378
2 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda ma'naviyat targ‘ibotchilari tanlovi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 3 noyabr kuni Qarshi san'at kolleji faollar zalida Harakatning Qashqadaryo viloyat Kengashi, Ma'naviyat targ‘ibot markazi viloyat bo‘limi, viloyat teleradiokompaniyasi, viloyat Madaniyat va sport ishlari boshqarmasi bilan hamkorlikda ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichi tashkil etildi. 

Shuni alohida ta'kidlab o‘tish kerakki, bu yilgi tanlovda Harakatning tuman va shahar Kengashida faoliyat yuritayotgan mas'ul xodimlari ishtirok etdishdi.

Ishtirokchilar o‘zlarining 2016 yil davomida milliy g‘oya targ‘iboti va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha faoliyatiga doir dasturlari, rejalari, ularda belgilangan vazifalarning amalga oshirilganini, o‘tkazgan  g‘oyaviy-mafkuraviy, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarining (anjuman, seminar, debat, ma'ruza, uchrashuvlar, suhbat, bahs-munozara va hokazolar) rang-barangligini, nutqiy mahorati, ta'sirchanlikka erishish yo‘lidagi izlanishlari, tajribasining o‘ziga xosligini hay'at a'zolari huzurida namunaviy taqdimot qildilar.

Tanlov jarayonida targ‘ibotchilarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ish jarayoniga unumli tatbiq eta olishi, ko‘pchilik, ayniqsa, yoshlar auditoriyasi bilan ishlash mahorati, ularga ijobiy ta'sir o‘tkaza olish qobiliyati, “ommaviy madaniyat”ning zararli ta'siridan himoyalay olishga doir ish uslubiga asosiy e'tibor qaratildi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, Harakatning Koson tuman Kengashi yetakchi mutaxassisi Laziza Allayorova birinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi va tanlovining Respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid