Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya NATOning Injirlikdagi bazasini rivojlantirishga ruxsat bermayapti
Foto: © AFP
Germaniya NATOning Injirlikdagi (Turkiya) bazasi rivojiga 58 million yevro investitsiya qilmoqchi bo‘ldi, biroq Anqara bunday qilishga yo‘l qo‘ymayapti. Bu haqida 4 noyabr, juma kuni Die Welt gazetasi xabar berdi.
"Turkiya tomon qurilish ishlariga ruxsat bermadi, bu bizni yo‘ldan qaytarmoqda", - dedi vazirlar mahkamasiga so‘rov yo‘llagan "yashillar" parlamentariysi Agneshka Grubber.
Bazani rivojlantirish ishlari joriy yilning iyun oyi oxirida boshlanishi kerak edi, biroq bu GFR va Turkiya o‘rtasidagi ziddiyatlar tufayli cho‘zilib ketdi. Xususan, mojaroga 2 iyunda qabul qilingan Usmoniylar imperiyasida arman genotsidiga doir Bundestag rezolyutsiyasi sabab bo‘lgan. Shundan keyin Anqara uzoq vaqt nemis parlamentariylariga bazaga kelishga ruxsat bermadi, bunga javoban GFR o‘z harbiylarini qaytarib olish bilan tahdid qildi.
Taxminan 26 million yevro nemis razvedkasining Tornado samolyotlari uchun aerodrom qurilishi va konteynerlar sotib olishga sarflanishi rejalashtirilgan. Yana 30 million yevroga mobil punkt yaratilishi ko‘zlangan. Ularning poydevori esa 2 million yevroga tushadi. Bugungi kunda Injirlikdagi bazada 240 nafar germaniyalik harbiy xizmat qilmoqda.
Mavzuga oid
16:17 / 31.01.2026
Germaniyada ishsizlar soni uch milliondan oshdi
11:51 / 31.01.2026
Germaniyada jamoat transportida ish tashlashlar kutilmoqda
07:34 / 30.01.2026
Ilmga investitsiya: eng tez o‘sgan mamlakatlar ro‘yxati
15:26 / 29.01.2026