Uyiga quyoş panellari örnatib, iste’molidan ortgan elektr energiyasini tarmoqqa sotayotgan fuqarolarga subsidiya tölaş heç qanaqa izohsiz töxtab qoldi. Hukumat sukut saqlaşni afzal bilayotgani, parlamentdan ham tayinli harakatlar bölmayotgani – investorlar işonçiga putur yetkazyapti. Kun.uz mavzuni iqtisodçi Otabek Bakirov bilan muhokama qildi.
— Bu subsidiya fuqarolarga qay tartibda tölanib kelingan edi?
— Avvalo, şuni aytiş kerakki, bu dastur 2023 yilda oğir qişdan çiqqanimizdan keyin mamlakatning muqobil energiya imkoniyatlari çeklangani sababli yölga qöyilgan edi. Eslasangiz, öşa yilning fevral–mart oylarida energetika sohasi böyiça bir neçta qarorlar qabul qilingan. “Quyoşli xonadon” dasturi ham aynan şu qarorlarning uzviy qismi hisoblanadi.
Qayta tiklanuvçi energiya manbalarini rağbatlantiriş faqat jismoniy şaxslar yoki xonadonlar uçun emas, balki ijtimoiy obektlar, tadbirkorlik sub’yektlari, hududlar va tarmoqlar kesimida ham rejalaştirilgan edi.
Agar xotiram aldamasa, dastlabki rejaga köra, 2023 yilning özida 37 mingga yaqin xonadonga quvvati 50 kilovattgaça bölgan quyoş panellarini örnatiş belgilangan edi. Bugungi kun nuqtayi nazaridan bu katta raqam emasdek tuyulişi mumkin, ammo öşa payt uçun 37 ming juda katta körsatkiç edi. Çunki öşa vaqtda quyoş panellarining narxi ança yuqori bölgan. Keyingi yillarda esa ularning narxi yil sayin pasayib bormoqda. Şuningdek, örnatiş infratuzilmasi bilan boğliq köplab muammolar ham mavjud edi.
Öşanda odamlar duç kelgan asosiy muammolardan biri – majburlaş bilan boğliq edi. Hozir köpçilik subsidiyasini ololmayotganidan şikoyat qilyapti. Ammo uç yil avval ular boşqa muammoga – quyoş panellarini majburiy örnatişga duç kelgan edi.
Bu, birinçi navbatda, fermer xöjaliklari rahbarlari, mahalla raislari, maktab direktorlari va boğça mudirlari kabi kasb egalariga taalluqli edi. Köpçilik panellarni ma’muriy yöl bilan tarqatilgan kreditlar hisobidan örnatgan.
— Öşa paytdagi normativ-huquqiy hujjatga köra, quvvati 50 kilovattgaça bölgan quyoş paneli örnatganlarga öz ehtiyojidan ortiqça işlab çiqarilgan har bir kilovatt-soat elektr energiyasi uçun ming sömdan subsidiya tölanişi belgilangan edi. Bu mablağ davlat budjeti hisobidan ajratilişi kerak edi. Subsidiya mexanizmi qanday işlagan?
— Aslida bu yerda ikki yoki uç bosqiçli moliyalaştiriş bölmasligi uçun bir marta tölov qiliş mexanizmi tanlangan. Masalan, bir kilovatt-soat elektr energiyasining tannarxi 600 söm bölsa, davlat quyoş paneli orqali işlab çiqarilgan har bir kilovatt-soat elektr energiyasi uçun 1000 söm tölagan.











