Jahon | 21:47 / 06.11.2016
16976
8 daqiqa o‘qiladi

Haftalik dayjest: O‘zbekiston va xalqaro maydonda ro‘y bergan eng sara voqea va hodisalar

O‘tgan hafta mobaynida O‘zbekiston va xalqaro hayotda muhim voqealar sodir bo‘ldi, muhim qarorlar qabul qilindi, ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan hodisalar sodir bo‘ldi. Ana shu voqea-hodisalarning eng muhim va qiziqarlilari haftalik dayjestda.

31 oktabrning eng muhim xabarlari

25 oktabr kuni Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida o‘zbekistonlik tarixchi olim Shuhrat Barlosning “Turkestan i Yujnyy Kavkaz v XIX-XX vekax. Dashnaki ot Fergany do Karabaxa” hamda “Karabax: voyna idey” nomli kitoblarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

 

«O‘zavtosanoat» AK tizimi korxonalari rahbarlari va mutaxassislaridan iborat maxsus ishchi guruh tuzildi. Kompaniyaning rasmiy saytida ma'lum qilinishicha, bundan maqsad O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan avtomobillarni sotish va ularga xizmat ko‘rsatish masalalariga bog‘liq bo‘lgan fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish hisoblanadi.

O‘zbekiston Bosh prokurorining buyrug‘iga asosan Erkabay Tadjiyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori etib tayinlandi.

O‘zbekistonning Moskva shahri markazidagi konsulligi va mehmonxonasi yaqinida barpo etilgan xiyobonga O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov nomi beriladi.


Foto: Kun.uz

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning bayonot berishicha, respublika qardosh O‘zbekiston bilan yaxshi qo‘shnichilik aloqalarini yo‘lga qo‘ymoqda.

Bu va 31 oktabrning boshqa xabarlari bilan  >>> batafsil.

1 noyabrning eng muhim xabarlari

Toshkent shahrida bunyod etilishi davom ettirilayotgan metro qurilishi endi «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 24 oktabrida qabul qilgan yangi farmoyishiga ko‘ra, fermer xo‘jaliklari va boshqa tashkilotlar, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan keltiriladigan yuqori hosilli va tezpishar navli sabzavot, poliz va dukkakli ekinlar urug‘lari 2019 yilning 1 iyuligacha bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar bunday mustasno) ozod etiladi.


Illyustrativ surat

2016 yil 19 oktabr kuni Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi hamda Mehnat vazirligining “O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to‘lash miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori imzolandi.

Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Asilbek Xudayarovga hayfsan e'lon qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning Facebook’dagi sahifasida xabar qilindi.

Turkiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Xulusi Akar Rossiyada bo‘lib turibdi, deb xabar qilmoqda Turkiya bosh shtabi.

Iroq harbiylari Mo‘sul sharqida joylashgan davlat teleradiokompaniyasining binosini IShID jangarilaridan ozod qildi.

Bu va 1 noyabrning boshqa xabarlari bilan  >>> batafsil.

2 noyabrning eng muhim xabarlari

O‘zbekistonda milliy telekommunikatsion operator hisoblanmish «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasining yangi bosh direktori Shuhrat Qodirov bo‘ldi.


Foto: farishta.uz

Shifokorlar o‘tkazgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, quvvat beruvchi ichimliklarni iste'mol qilish gepatit kasalligini yuzaga keltirishi mumkin.

Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe mamlakatning yangi bosh vazirini tayinladi. Endilikda Kim Ben Jun hukumat rahbari bo‘ldi.

Olmaota shahri jinoiy ishlar bo‘yicha maxsus tumanlararo sudi Ruslan Kulekbayevga oliy jazo tayinladi.


Foto: Informburo.kz

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Trampni qo‘llab-quvvatlagan kam sonli AQSh gazetalari orasidan qora tanlilarga qarshi chiquvchi ku-kluks-klan tashkilotining rasmiy gazetasi  "Salb yuruvchisi" nashri alohida ajralib turadi.

Bu va 2 noyabrning boshqa xabarlari bilan  >>> batafsil.


3 noyabrning eng muhim xabarlari

Tvitter, feysbuk va instagram ijtimoiy tarmoqlari, shuningdek, telegram ilovasida O‘zbekiston prezidentligi saylovida nomzod bo‘lmishlarning sahifalari ochilmoqda.


Foto: «Joinfo»

O‘zbekistonda davlat hokimiyati organlarida faoliyat yurituvchi rahbar xodimlariga mamlakat fuqarolarining murojaatlari va muammolari ustida jiddiy shug‘ullanish vazifasi yuklatildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablaridan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining elektron qabulxonasiga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlarni ko‘rib chiqishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, murojaatlar bilan ishlashning natijadorligini oshirish maqsadida 2016 yil 27 oktabrida 366-sonli qarori qabul qildi.

Hollivud aktyori Stiven Sigal Rossiya fuqarosiga aylandi. Bu haqdagi farmon Kreml saytida e'lon qilingan.


Foto: RIA «Novosti»

Pokistonning janubidagi port shahri Karachida ikki poyezd to‘qnashib ketishi oqibatida 17 kishi halok bo‘lib, 40 kishi jarohatlangan.

Yaponiyaning Sasebo shahrida AQSh harbiy-dengiz kuchlari bazasi, u yerda otishma ro‘y bergani to‘g‘risidagi xabarlardan so‘ng qurshab olindi, deya xabar qilmoqda ABC News telekanali.

Bu va 3 noyabrning boshqa xabarlari bilan  >>> batafsil

4 noyabrning eng muhim xabarlari

3 noyabr kuni Yaponiya hukumati joriy yilda imperatorlik ordeni bilan taqdirlangan chet el fuqarolari ro‘yxatini e'lon qildi.


Foto: «Gazeta.uz»

Toshkent shahrining Sergeli mavzesigacha «Yengil metro» tizimini, ya'ni yerning ustidan estakadalar (ko‘priklar) orqali o‘tgan yangi metropoliten yo‘lini qurish ishlari boshlab yuborildi.

«O‘zbekiston havo yo‘llari» sotib olgan Boeing-787 Dreamliner avialaynerlarining ikkinchisi 5 noyabr kuni Toshkentga keltiriladi.

Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe o‘zi aralishib qolgan siyosiy mojaro uchun uzr so‘radi va bu ish bo‘yicha tekshiruvlarda prokurorlar bilan hamkorlik qilib, ko‘rsatma berishga tayyorligini aytdi.


Foto: PeoplesDaily

AQSh kongressida AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klinton davlatga xiyonat qilishda ayblandi.

Bu va 4 noyabrning boshqa xabarlari bilan  >>> batafsil.

5 noyabrning eng muhim xabarlari

O‘zbekiston xalqi, O‘zbekiston adabiyoti va san'ati og‘ir judolikka uchradi. Kun.uz sayti manbasining xabariga ko‘ra, O‘zbekiston qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov og‘ir xastalikdan so‘ng 75 yoshida vafot etgan.


Foto: AbdullaOripov.com

AQSh prezidenti Barak Obamaning bayonot berishicha, AQShning harbiy intervensiyalari ayrim hollarda, vaziyatni yaxshi tomonga o‘zgartirayotgan bo‘lsa-da, ba'zan Vashingtonning aralashuvi kutilmagan salbiy oqibatlarga olib kelmoqda.

Hindiston poytaxtidagi 1700dan ortiq munitsipal maktablar shanba kuni faoliyat ko‘rsatmadi, deya xabar qilmoqda mahalliy OAV.


Foto: Twitter/ndtvindia

Pekindagi Shoudu xalqaro aeroportida 5 noyabrda kuchli smog va bulutlilik tufayli kamida 494 ta reys bekor qilindi.

Turkiya sudi Xalqlar demokratiyasi partiyasi deputatlari, shu jumladan partiya hamraisi Salohiddin Demirtosh va Figen Yuksekdagni hibsda saqlash xususida qaror qildi.

Bu va 5 noyabrning boshqa xabarlari bilan  >>> batafsil.

Mavzuga oid