20:46 / 08.01.2017
12532

Haftalik dayjest: Istanbul terakti, O‘rta Sharqda halok bo‘layotgan odamlar, Okeanorti voqealari va dunyoning boshqa davlatlaridan eng so‘nggi xabarlar

Yangi yildagi Istanbul terakti

Yangi yil kechasi Istanbuldagi "Reyna" tungi klubiga qurolli hujum bo‘ldi. Shahar meri hujumni terrorchilik akti hisobladi.

Tungi klubga hujum oqibatida 35 kishi halok bo‘ldi. Batafsil 
Teraktida halok bo‘lganlarning kamida 15 nafari xorijlik edi. Batafsil
Terakt vaqtida qaysi xorijiy davlatlar fuqarolari halok bo‘lgani aytildi. Batafsil 
Terakt qurbonlari soni ortgan. Batafsil 
Klubga tashrif buyurganlar jon holatida o‘zlarini suvga otganlar. Batafsil 
Teraktga aloqadorlikda gumon qilingan 8 kishi qo‘lga olindi. Batafsil 
Terakt ijrochisi qaysi mamlakat fuqarosi ekani ma'lum qilindi. Batafsil
Turkiya politsiyasi tungi klubdagi teraktni sodir etishda gumon qilinayotgan erkakning selfisini namoyish qildi. Batafsil
Istanbuldagi terakt ijrochisi o‘zbekistonlik bo‘lishi mumkin. Batafsil 
O‘zbekiston Turkiyadagi terakt ijrochisi haqida ma'lumotga ega emas. Batafsil 
IShID Istanbuldagi terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Batafsil 

Yaqin Sharq muammosi

O‘tayotgan haftada Yaqin Sharq davlatlari, jumladan, Suriya va Iroqda bir qancha teraktlar amalga oshirildi. Ular oqibatida juda ko‘plab insonlar halok bo‘ldi, yana yuzlab kishilar jarohatlanishdi.

Fransiya prezidenti Iroqqa keldi. Batafsil 
Rossiya va Turkiya IShIDning Suriya shimolidagi pozitsiyalariga aviazarbalar berishdi. Batafsil
Bag‘dodda kuchli portlash: o‘nlab kishilar halok bo‘ldi. Batafsil 
Ummonda birinchi marta ayol kishi politsiya boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Batafsil 
Iroqda 2016 yilda tinch aholi vakillaridan 7 mingga yaqin kishi halok bo‘ldi. Batafsil 
Mo‘sullik qochqinlar oqimi 50 foizga oshdi. Batafsil 
Halab aholisi soni ziddiyat vaqtida 2,5 barobar kamaydi. Batafsil 
Damashqning 5,5 mln lik aholisi suv ta'minotisiz qolmoqda. Batafsil 
Suriyaning Lataqiya viloyatida kuchli portlash ro‘y berdi. Batafsil 
Suriyaning Jabla shahridagi teraktda 15 kishi halok bo‘ldi. Batafsil 
«Admiral Kuznetsov» Suriyani tark etadi. Batafsil 
Suriyada IShIDning "bosh buxgalteri" yo‘q qilindi. Batafsil 
Suriya shimolida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Batafsil 
Suriya shimolidagi Azaz shahrida sodir bo‘lgan kuchli portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 60 kishiga yetdi. Batafsil 
Bag‘dod Anqara bilan Iroq shimolidan turk harbiylarining olib chiqilishi bo‘yicha kelishib oldi. Batafsil 
Suriya hukumati Halabni tiklash rejasini qabul qildi. Batafsil 
Bag‘dodda yana portlash: 12 kishi qurbon bo‘ldi. Batafsil 
Suriyaning Damashq viloyati shimolida, Sasaa qishlog‘i hududida portlovchi qurilma o‘rnatilgan avtomobil portlatilishi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi. Batafsil 
Bag‘dodda 8 yanvar davomida ikkinchi portlash ro‘y berdi. Batafsil

Okean orti davlatlarida

Okean orti davlatlari, jumladan, AQSh, Meksika, Braziliya, Venesuelaning ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim hodisalar bo‘lib o‘tdi.

Tramp antiqa yangi yil tabrigi bildirdi. Batafsil 
Florentsiyada bomba portladi. Batafsil 
Braziliyadagi qamoqxonalardan birida katta isyon ko‘tarildi. Batafsil 
Venesuelada harbiy vertolyotning halokati natijasida barcha yo‘lovchilar halok bo‘ldi. Batafsil 
Texasda zaharli gazdan bolalar halok bo‘ldi. Batafsil 
Haitida 48 yoshli tadbirkor prezident bo‘lishi ma'lum qilindi. Batafsil
Nyu-Yorkda elektropoyezd falokatga uchrashi oqibatida 103 kishi jabrlandi. Batafsil 
Trampning AQSh prezidentligidagi ilk qarori qanday bo‘lishiga oydinlik kiritildi. Batafsil 
Venesuelaga yangi vitse-prezident tayinlandi. Batafsil 
Toronto aeroportida ikki yo‘lovchi samolyot to‘qnashib ketdi. Batafsil 
Meksikada talon-tarojliklarda ishtirok etgan 430 kishi hibsga olindi. Batafsil 
Kerri yanvar oyida siyosatdan ketadi. Batafsil 
Braziliyadagi qamoqxonada 30 dan ortiq mahbus jonsiz holda topildi. Batafsil 
AQShning Florida shtati,  Fort-Loderdeyl shahrida joylashgan xalqaro aeroport hududida otishma ro‘y berdi. Batafsil 
Floridadagi aeroportda otishmani sodir etgan kimsa shaxsi aniqlandi. Batafsil 
AQSh razvedkasi hisobotini e'lon qildi: Bosh gumonlanuvchi – Moskva. Batafsil 

Uzoq Sharq va Janubiy Osiyo mintaqalarida

Yangi yilning ilk haftasida Uzoq Sharq va Janubiy Osiyonining qator mamlakatlari hayotida ham turli voqea-hodisalarga butun dunyo guvoh bo‘ldi

Indoneziya qirg‘oqlari yaqinida yo‘lovchi paromi yonib ketdi. Batafsil 
Janubiy koreyaliklar harbiy samolyoti dengizga raketa va torpedolar tashlab yubordi. Batafsil 
Kambojada dunyodagi eng baland egizak minoralar qurish rejalashtirilmoqda. Batafsil 
Tailandda yuz bergan YTH oqibatida kamida 25 kishi halok bo‘ldi. Batafsil 
Xitoy tarixida birinchi bor smog tufayli xavfning “qizil” darajasi e'lon qilindi. Batafsil 
Duterte yana bir mojaroli chiqish qildi. Batafsil 
Indoneziya harbiylari Avstraliya bilan hamkorlikni to‘xtatdi. Batafsil

Va boshqa muhim xabarlar

Antoniu Guterrish BMT bosh kotibligida rasman faoliyat boshladi. Batafsil 
Istanbuldagi masjidda otishma sodir etildi. Batafsil 
Dushanbeda o‘z chaqalog‘ini 1 ming somoniyga sotib yuborgan ayol qo‘lga olindi. Batafsil 
AQSh va Janubiy Koreya Kim Chen Inni yo‘q qilish uchun maxsus otryad tuzadi. Batafsil 
2016 yilda yangi avtomobillarni eng ko‘p sotgan kompaniya ma'lum bo‘ldi. Batafsil 

CES-2017 texnologiyalar ko‘rgazmasi

AQShning Las-Vegas shahrida iste'mol elektronikasiga bag‘ishlangan CES-2017 ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda dunyoning ko‘zga ko‘ringan elektronika, avtomobilsozlik va texnologiya kompaniyalari o‘zlari tomonidan ishlab chiqilgan so‘nggi mahsulotlarni taqdim etdi. Batafsil
 

Top