21:34 / 01.11.2016
10117

Kechki dayjest: 1 noyabrning eng muhim xabarlari

Toshkentda yer osti va yer usti metro yo‘nalishlarida qurilish ishlari boshlandi


Foto: UzDaily

 

Toshkent shahrida bunyod etilishi davom ettirilayotgan metro qurilishi endi «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshiriladi.

>>>  Batafsil.

Sabzavot, poliz va dukkakli o‘simliklar urug‘lari bojxona to‘lovlaridan ozod qilindi


Illyustrativ surat

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 24 oktabrida qabul qilgan yangi farmoyishiga ko‘ra, fermer xo‘jaliklari va boshqa tashkilotlar, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan keltiriladigan yuqori hosilli va tezpishar navli sabzavot, poliz va dukkakli ekinlar urug‘lari 2019 yilning 1 iyuligacha bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar bunday mustasno) ozod etiladi.

>>> Batafsil.

O‘qituvchilarga soatbay haq to‘lash miqdorlari oshirildi

2016 yil 19 oktabr kuni Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi hamda Mehnat vazirligining “O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to‘lash miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori imzolandi.

>>> Batafsil.

Shavkat Mirziyoyev “Toshissiqquvvat”ning Mirobod tumani bo‘limi rahbarini ishdan bo‘shatdi


Foto: nuz.uz

“Toshissiqquvvat” ishlab chiqarish birlashmasi Mirobod tumani filiali rahbari Muxammedov F.X. fuqaro murojaatini ko‘rib chiqishda kamchilikka yo‘l qo‘yilgani tufayli lavozimidan olindi.

>>> Batafsil.

Yana bir amaldor fuqaro murojaatiga e'tiborsizligi uchun bosh vazirdan hayfsan oldi

Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Asilbek Xudayarovga hayfsan e'lon qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning Facebook’dagi sahifasida xabar qilindi.

>>> Batafsil.

Xitoy ilk marotaba Chengdu J-20 qiruvchi samolyotini namoyish qildi


Foto: Reuters

Xitoy beshinchi avlod qiruvchi samolyoti Chengdu J-20’ni ommaga namoyish qildi.

>>> Batafsil.

Turkiya QK Bosh shtabi boshlig‘i Rossiyaga keldi


Foto: AP

Turkiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Xulusi Akar Rossiyada bo‘lib turibdi, deb xabar qilmoqda Turkiya bosh shtabi.

>>>  Batafsil.

Turkmaniston prezidenti Putinning so‘nggi sammitdagi so‘zlarini eslatib o‘tdi


Foto: © RIA Novosti

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinni 26-27 noyabr kunlari Turkmanistonda BMT shafeligida bo‘lib o‘tadigan transport bo‘yicha global konferensiyada ishtirok etish uchun taklif qildi.

>>> Batafsil.

Iroq harbiylari Mo‘suldagi telemarkazni IShID jangarilaridan ozod etishdi


Foto: © AFP

Iroq harbiylari Mo‘sul sharqida joylashgan davlat teleradiokompaniyasining binosini IShID jangarilaridan ozod qildi.

>>> Batafsil.

Meizu 100 dollarlik yangi smartfonini namoyish qildi

Xitoyning Meizu smartfonlari ishlab chiqaruvchisi navbatdagi byudjyet apparatini taqdim qildi. Meizu'ning yangi M5 qurilmasi kompaniyaning aksariyat smartfonlaridan plastik korpusi bilan ajralib turadi.

>>>  Batafsil.

iPhone 8 simsiz quvvat bilan ta'minlanadi


Foto: Getty Images

Apple kompaniyasi 2017 yilda ishlab chiqaradigan iPhone qurilmalari simsiz zaryadlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.

>>> Batafsil.

Britaniyada tirik organizmlarni yeyish hisobiga energiya oluvchi robot yaratildi


Foto: Bristol robotlar labaratoriyasi

Bristol universiteti olimlari Robot texnikalari labaratoriyasi hamda Kembrij universitetidagi hamkasblari bilan hamkorlikda suv o‘lchagich namunasidagi yumshoq robotni yaratishdi.

>>> Batafsil.

FIFA Angliya va Shotlandiyaga lola-qizg‘aldoq belgisi tushirilgan formada o‘ynashni taqiqladi


Foto: Dailymail

FIFA JCh-2018 saralashidan o‘rin olgan Angliya – Shotlandiya o‘yinida, jamoalarga lola-qizg‘aldoq tasviri tushirilgan futbolkalarda maydonga tushishga ruxsat bermadi.

>>> Batafsil.

«Inter» de Burning iste'fosi haqida ma'lum qildi


Foto: "Inter" matbuot xizmati

«Inter» rasmiy saytida Frank de Bur jamoa bosh murabbiyligidan iste'foga chiqarilgani haqida ma'lum qilindi.

>>>  Batafsil.

YeChL anonsi: «Pep-Siti» «Barsa»ga qarshi, Robben vataniga raqib bo‘lib qaytdi va boshqa o‘yinlar

«Arsenal» va «PSJ» navbatdagi yirik hisobli g‘alabalarga tayyorlanmoqda, «Beshiktosh» «Napoli»ga qarshi safar o‘yinidagi muvaffaqiyatni o‘z uyida ham takrorlashi mumkin, Kiyevning «Dinamo»si Lissabonda hayot-mamot o‘yinini o‘tkazadi.

>>> Batafsil.

Mavzuga oid
Top