Jahon | 23:22 / 06.11.2016
6979
1 daqiqa o‘qiladi

Anqarada AQSh va Turkiya harbiy qo‘mondonlari uchrashdi

6 noyabrda AQSh shtablari boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi Jozef Danford Anqarada Turkiya bosh shtabi boshlig‘i Xulusi Akar bilan uchrashgani ma'lum bo‘ldi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda

Uchrashuv tafsilotlari oshkor qilinmagan. Ayni vaqtda yagona ma'lum narsa shuki, uchrashuv AQSh tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgan.

6 noyabrda bundan avvalroq Suriyaning Raqqa shahrini IShID jangarilaridan ozod qilish bo‘yicha operatsiya boshlangani haqida ma'lumot paydo bo‘lgandi. Ta'kidlanishicha, shaharga hujum AQSh ko‘magida olib borilmoqda. Bungacha esa Turkiya Raqqani ozod qilishda AQShni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini ma'lum qilgan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid