Jahon | 21:15 / 06.11.2016
4798
2 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an kurdlar sababli Yevropani terrorchilikni qo‘llab-quvvatlashda aybladi

Foto: EPA

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Yevropani Kurdiston ishchi partiyasini qo‘llab-quvvatlagani uchun terrorchilikka xaspo‘shlik qilishda aybladi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

"Yevropa umuman olganda terrorchilikka undamoqda. Ular hattoki Kurdiston ishchi partiyasini terrorchilik tashkiloti deb e'lon qilsalar ham, bu shundoq ham ravshan. Biz KIP Yevropada erkin-emin harakat qilishini ko‘rmoqdamiz", deb aytdi Erdo‘g‘an.  

Erdo‘g‘an turk kurdlari bilan kurashgunigacha uni qanday atashlari unga ahamiyatsiz ekanligini aytdi.

"Ular meni diktator yoki yana boshqacha atashlari meni tashvishlantirmaydi. Bu qulog‘imdan kirib, unisidan chiqib ketadi. Menga muhimi, meni o‘z odamlarim qanday atashidir", deb qo‘shimcha qildi Erdo‘g‘an. 

Turkiya muxolif partiyalar ichida deputatlari soni bo‘yicha ikkinchi raqamli Xalqlar demokratik partiyasi yetakchilarini hibsga olishdan keyin tanqidga uchradi. Hibsga olinganlar Kurdiston ishchi partiyasi bilan aloqadorlikda gumon qilinmoqdalar.

Erdo‘g‘an o‘zini terrorchilar kabi tutgan deputatlarga nisbatan shunga yarasha munosabatda bo‘linishini ta'kidlab o‘tdi. Erdo‘g‘an Turkiya sud tizimi mustaqil ekanligi va bu jarayonga hech kim, jumladan uning o‘zi ham aralashishga huquqi yo‘qligini qo‘shimcha qildi. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid