Fransiya Yevropadagi eng katta içki suv yöllari tarmoğiga ega mamlakatlardan biri bölib, uning hududida qariyb 8,5 ming kilometr uzunlikdagi kema qatnaydigan kanallar va daryo yöllari mavjud. Biroq uşbu tarmoq uzoq yillar davomida Şimoliy Yevropaning asosiy transport yölaklari bilan yetarli darajada boğlanmagan edi.
Bu vazifani uzoq vaqt Canal du Nord kanali bajarib kelgan. Fransiya şimolini Sena daryosi havzasi bilan boğlaydigan mazkur kanal qurilişiga yarim asrdan ortiq vaqt ketgan. Ikki jahon uruşi tufayli quriliş bir neça bor töxtab qolgan. Natijada inşoot 1965 yilda foydalanişga topşirilgan bölsa-da, öşa vaqtga kelib uning imkoniyatlari zamonaviy talablarga javob bermay qola boşlagan.
Şu sababli Fransiya va Yevropa Ittifoqi yangi transport tizimini barpo etişga qaror qildi. «Sena–Şimoliy Yevropa» kanali eski yölni rekonstruksiya qiliş emas, balki mutlaqo yangi logistika infratuzilmasi hisoblanadi.
Loyihaga köra, kanalning umumiy uzunligi 107 kilometrni, kengligi esa 54 metrni taşkil etadi. Uning ötkazuvçanlik quvvati mavjud Canal du Nord kanaliga nisbatan yetti barobardan ortiq böladi.
Quriliş uçun ajratilayotgan mablağ 7,3 milliard yevroni taşkil etadi. Moliyalaştirişning qariyb yarmi Yevropa Ittifoqi hissasiga töğri keladi. Qolgan qismi Fransiya hukumati va mahalliy hokimiyatlar tomonidan qoplanmoqda.
Yangi kanal Fransiya suv yöllarini Belgiya orqali Niderlandiya va Germaniyaning yirik logistika markazlari bilan boğlaydi. Şu tariqa u Yevropa Ittifoqining TEN-T deb ataluvçi transevropa transport tarmoğining muhim qismiga aylanadi.
Mutaxassislar hisob-kitoblariga köra, loyiha işga tuşgaç, yuk kötariş quvvati 4500 tonnagaça bölgan kemalar katta hajmdagi yuklarni avtomobil transportiga nisbatan arzonroq va ekologik jihatdan xavfsizroq tarzda taşiş imkoniyatiga ega böladi.
Kanal böylab jami yettita zamonaviy şlyuz quriladi. Ularning ikkitasi Yevropa tarixidagi eng çuqur şlyuzlardan biri böladi. Balandliklar farqi 25 metrdan ortiq bölgan uşbu inşootlarning uzunligi 197 metr, kengligi esa 12,5 metrni taşkil etadi.
Loyihaning yana bir muhim jihati suvdan tejamkor foydalaniş tizimidir. Şlyuzlarni töldiriş yoki böşatiş jarayoni 15 daqiqadan oşmasligi rejalaştirilgan. Buning uçun kanal yonida kaskadli suv omborlari qurilib, bir xil suvdan qayta-qayta foydalaniş imkoni yaratiladi. Qöşimça ravişda 14 million kub metr hajmga ega zaxira suv ombori ham barpo etiladi.
Yevropada sönggi ön yilliklardagi eng yirik infratuzilma loyihalaridan biri boşlandi
13:17 / 18.06.20266 0464 min
Fransiyada Yevropa transport tizimini tubdan özgartirişi mumkin bölgan ulkan suv yöli loyihasi - «Sena–Şimoliy Yevropa» kanali qurilişi jadal davom etmoqda. Qiymati 7,3 milliard yevroga baholanayotgan mazkur inşoot sönggi ön yilliklarda qit’ada amalga oşirilayotgan eng yirik infratuzilma taşabbuslaridan biri sifatida baholanmoqda.








