The New York Times naşrining yozişiça, AQŞ Yevropa hududida NATO operatsiyalarini qöllab-quvvatlaş uçun ajratilayotgan jangovar samolyotlar va harbiy kemalar sonini qisqartiriş niyatida. Naşr bu haqda ikki nafar yuqori lavozimli yevropalik manbaga tayanib xabar bergan.

Ma’lum qilinişiça, mazkur reja NATOning uzoq masofaga zarba beriş va razvedka imkoniyatlarini çeklaşi mumkin. Yevropa davlatlariga uşbu reja iyun oyi boşida yozma hujjat körinişida taqdim etilgan.

Hujjatga köra, AQŞ NATO ixtiyoriga berilayotgan F-16 va F-15E rusumli qiruvçi samolyotlar sonini hozirgi taxminan 150 tadan 100 tagaça qisqartirişni rejalaştirmoqda. Şuningdek, dengiz razvedka samolyotlari soni 26 tadan 15 taga tuşiriladi.

Bundan taşqari, Yevropa hududidan barça havoda yonilği quyiş samolyotlari çiqarib ketiladi. Raketa taşuvçi suvosti kemasi, aviataşuvçi, bir qator harbiy kemalar hamda aviataşiş missiyalarida iştirok etayotgan önlab samolyotlar boşqa hududlarga köçiriladi.

Naşr manbalariga köra, bu jarayon Yevropa ittifoqçilari kutganidan ança erta boşlanişi mumkin.

Avvalroq Germaniyaning Die Welt naşri ham AQŞ NATOga maxfiy hujjat taqdim etganini xabar qilgan edi. Unda Amerika harbiy huzurini qisqartirişga oid 11 ta band mavjud bölib, asosiy e’tibor Vaşingtonning Tinç okeani mintaqasiga yönaltirilayotgani qayd etilgan.

Pentagon NATOdagi iştirokini qayta körib çiqmoqda

Der Spiegel jurnali ma’lumotlariga köra, Pentagon rahbari Pit Hegsetning NATOdagi vakili alyans davlatlari rasmiylariga AQŞ kelgusida NATO uçun kamroq harbiy resurs ajratişini ma’lum qilgan.

Jumladan, qiruvçi samolyotlar, harbiy kemalar, dronlar, havoda yonilği quyiş samolyotlari va strategik bombardimonçilar soni qisqartirilişi rejalaştirilgan.

Hozirgaça NATO harbiy salohiyatining qariyb yarmi AQŞ hissasiga töğri kelar edi. Endi Vaşington Yevropa davlatlaridan qisqartiradigan yönalişlarda öz örnini bosiş böyiça takliflar kutayotgani aytilmoqda.

AQŞ Yevropadagi harbiy kontingentini ham qisqartirmoqda

May oyida Pentagon Yevropa hududida joylaşgan törtta jangovar brigada guruhidan birini olib çiqişini ma’lum qilgan edi.

Bu qarordan keyin AQŞ harbiylari soni Yevropa mintaqasida 2021 yil darajasigaça kamayadi. Sönggi yillarda AQŞ Yevropada taxminan 100 ming nafar harbiy xizmatçini saqlab kelayotgan bölib, ularning 65 mingdan ortiği doimiy asosda xizmat qilgan.