Jahon | 19:35 / 06.11.2016
6730
1 daqiqa o‘qiladi

Olmaotada kinoteatrga o‘t ketdi

Qozog‘istonning Olmaota shahridagi Satpayev va Bayzakova ko‘chalari kesishmasida joylashgan Cinema towers 3D kinoteatrida yong‘in chiqdi. Bu haqda voqea joyidagi manbaga asoslangan holda "Interfaks" xabar berdi.

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, olov to‘rt qavatli binoning tomida avj olgan. Binoda, kinoteatrdan tashqari, karcher va ofis xonalari bor.

Voqea joyiga o‘t o‘chirish, politsiya va tez yordam mashinalari yetib kelgan.

Binodan 80 kishi evakuatsiya qilingan. Olov binoning quyi qavatidagi restoranga yetib kelishi xavfi mavjud.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid