30 yil oldin Aleks Fergyuson «MYu»ni boshqarishga kirishgan edi
1986 yilning 6 noyabr kuni «Manchester Yunayted» jamoasi Aleks Fergyuson bilan shartnoma imzoladi va aynan u jamoani Angliyaning omadli klublaridan biriga aylantirdi. O‘shanda shotlandiyalik murabbiyning yoshi 44da edi. O‘shanda «MYu» amaldagi murabbiy Ron Atkinson bilan xayrlashdi – jamoa Angliya chempionatida 21-o‘rinda borar edi.
Fergyuson birinchi mavsumda jamoani 11-o‘ringacha ko‘tardi, ikki marta Chempionlar Ligasini yutishga muvaffaq bo‘ldi.
Fergyuson 1990 yil Angliya Kubogini qo‘lga kiritib, o‘zining yorqin davrini boshladi. Ilk chempionlik 1993 yilda ro‘y berdi. Ser Aleks 30 yil davomida 13 marta APL chempioni, ikki marta Chempionlar ligasi g‘olibi, bir marta Interkontinental kubok sohibi, klublar o‘rtasida jahon chempioni, kubok egalari kubogi g‘olibi, UYeFA superkubogi sohibi, 5 marta Angliya kubogi va 4 marta Liga kubogi g‘olibi bo‘ldi.
Aleks Fergyusonning eng yorqin so‘zlari:
«Men uchun eng asosiy maqsad – hozir sodir bo‘layotgan hodisalar emas. Men uchun eng asosiy maqsad «Liverpul»ni yakson etish. Buni shundayligicha yozsangiz ham mayli!»
Fergyuson – Angliya chempionatini 18 marta qo‘lga kiritgan «Liverpul» haqida
«Bu «Siti» - shunga yarasha munosabatda bo‘linadigan kichik klub. Ular gapirishi kerak bo‘lgan yagona narsa bu «Manchester Yunayted»dir.
«Gohida yoningizda shovqin soladigan qo‘shnilar ham uchrab turadi. Ular bilan hech qanaqasiga kelisha olmaysan. Faqat avvalgidek yashashda davom etishinga to‘g‘ri keladi, televizoringni qo‘shasan va ovozini baland qilib o‘tiraverasan».
«Manchester Siti» bilan raqobat xususida
«Bu juda g‘ayrioddiy tasodif. Men yuz marta va hatto million marta urinib ko‘rganimda ham unga tekkiza olmasdim. Agar birinchi urinishda tekkizganimda ham, mashg‘ulotlarn davom ettirardim».
Bekhemga otilgan butsa haqida
«Uni ilk marta uchratganimni eslay olaman. O‘shanda u 13 yoshda edi va maydonda qog‘ozlar ortidan quvib yurgan kishiga o‘xshardi».
Yosh Rayan Giggz haqida
«Birinchi uchrashuvni o‘tkazganimizdan so‘ng u hissiyotga to‘la edi, meni boss va katta inson o‘rnida ko‘rardi».
Joze Mourino bilan ilk uchrashuv haqida
«Bu bola, menimcha, ofsaydda tug‘ilgan bo‘lsa kerak».
Filippo Indzagi haqida
«U haqida aqlli inson sifatida so‘z yuritishadi. Besh tilda gaplasha oladi. Menda kot-d’ivuarlik bir yigit bor, u ham besh tilda so‘zlasha oladi!»
Arsen Venger haqida
Manba: Tribuna.uz
Mavzuga oid
15:54 / 15.01.2024
«MYu» hujumchilari gol ura boshladi, Ispaniyada peshqadam ochko yo‘qotdi. Yevropada kun o‘yinlari
15:36 / 08.05.2023
«MYu»da qora hafta, «Arsenal» hamon poygada. Yevropada kun o‘yinlari
00:11 / 20.11.2022
«Pressing asosiy qurol bo‘ladi» – Venger mundialdan nimalar kutayotganini aytdi
22:33 / 02.05.2021