Bu yil hisobidan terma jamoalarga ajratilgan sönggi tanaffus oldidan klublar örtasidagi çempionatlarda muhim tur öyinlari bölib ötadi. Angliyada sönggi yillarning eng muvaffaqiyatli va eng muvaffaqiyatsiz top-klublari özaro bahslaşsa, Italiyada Spaletti Turin derbisida sinovdan ötadi. Fransiyada ham juda qiziqarli öyin bor. Xullas bu safar ham zerikmaymiz.

TOTTeNHEM – MANÇeSTeR YuNAYTeD (8 noyabr, 17:30)

Turnir jadvalida qöşni bölib turgan bu ikki jamoada qiziq öxşaş jihati bor. “Tottenhem” oxirgi paytlarda öz maydonida juda yomon natijalar qayd etayotgan bölsa, “Mançester Yunayted”ning safar öyinlari şunaqa. Londonliklar sönggi bir yilda APL doirasida ötkazgan 20 uy uçraşuvining atigi 3 tasini öz foydasiga hal qilgan xolos. Uşbu mavsumni “Byornli” ustidan 3:0 hisobidagi işonçli ğalaba bilan boşlagan Tomas Frank jamoasi keyingi öyinlarda yuta olmadi. Hatto autsayder “Vulverhempton” ham Londondan oçko olib ketişga muvaffaq böldi. “Mançester Yunayted”ning bir yildagi safar öyinlari ham deyarli şunaqa körsatkiç – atigi 4 ğalaba. Ya’ni kim yutişidan qat’i nazar qonuniyatga ters nimadir böladi.

Boşqa seriya ham bor – “Tottenhem” sönggi yillarda “Mançester Yunayted”ga qarşi özaro öyinlarda ança muvaffaqiyatli. 2022/2023 mavsumida boşida Erik ten Xag boşçiligida “MYu” “Old Trafford”da 2:0 hisobida ustun kelgan va bu hozirça “qizil iblislarning” oxirgi ğalabasi bölib turibdi. Ayniqsa ötgan mavsumda “Tottenhem” çin ma’noda “MYu”ning kriptonitiga aylanib oldi. APL doirasida har ikki öyinni öz foydasiga hal qilgan “Tottenhem” ham Liga kubogida raqibini musobaqadan çiqarib yubordi, ham Yevropa Ligasi finalida 1:0 hisobida yutib, Amorim jamoasini ham sovrinsiz, ham Çempionlar Ligasisiz qoldirdi.

Darvoqe, Çempionlar Ligasidagi iştirok bu öyinda mezbonlarga halaqit berişi mumkin. Çunki yevrokuboklarsiz qolgan “Mançester Yunayted” haftada bir rejimida jismoniy tomondan yaxşiroq körinişini mumkin. “Tottenhem” garçi yirik ğalabaga erişgan bölsa-da, hafta örtasida “Kopangagen” bilan öynagani mazkur uçraşuv uçun tayyorgarlik muddatini qisqartirgani tabiiy.

Albatta, öyinlarning köproq ekani jarohatlarga ham öz ta’sirini ötkazmay qolmaydi. “Tottenhem” mavsumni Kuluşevski, Meddison kabi yetakçilarsiz boşlagan bölsa, endi bugungi liderlarni ham boy bermoqda. Xususan Muhammad Kudusning maydonga tuşişi söroq ostida qolmoqda. Undan taşqari, Bissuma, Solanke, Bergval kabi asosiy tarkib futbolçilarida ham jarohatlar bor. Lekin Romeroning qaytgani yaxşi xabar, zero uning van der Veyn bilan juftligi ança işonçli sanaladi. Ötgan mavsumning muvaffaqiyatli tugaşida ham, “MYu”ga qarşi keçgan uç bahsda “Tottenhem” öz darvozasini daxlsiz saqlaşida ham bu juftlikning mehnati katta. Mehmonlar safida esa Kobi Maynu maydonga tuşa olmaydi. U maşğulotlarda kiçik jarohat olgani aytilmoqda. Maşğulotlarga qaytgan Lisandro Martines esa katta ehtimol bilan terma jamoalar bilan boğliq tanaffusdan söng öyinlarda iştirok etişni boşlasa kerak.