21:03 / 07.11.2016
17579

Dengiz iguanasi bolasi o‘nta ilon ta'qibidan qochib qutula oldi

Foto: ©BBC ONE

Britan telekanallaridan birida namoyish qilinuvchi "Yer sayyorasi 2" hujjatli filmining birinchi seriyasida dengiz iguanasi bolasi ortidan o‘nta ilon quvlagani namoyish qilindi. Bu syujyetga Daily Mail nashri o‘z e'tiborini qaratdi.

Suratga olish ishlari Galapagos arxipelagi tarkibiga kiruvchi Fernandin orolida o‘tgan. Endigina tuxumni yorib chiqqan dengiz iguanasining bolasi katta iguanalar joylashgan qoya cho‘qqisiga yetib olishga harakat qiladi. Biroq uning ortidan bir nechta ilon quvlashga tushadi. 

Iguana ko‘z o‘ngida ilonlar iskanjasida qochib keta olmagan bir necha qardoshlari o‘lim topadi, rolik qahramoni esa mo‘'jizaviy ravishda cho‘qqiga chiqib olishga muvaffaq bo‘ladi.

Mavzuga oid
Top