Indoneziyaning Sulavesi orolida dunyodagi eng uzun ilon topildi. Ibu Baron laqabi berilgan törli piton Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi.
Rasmiy ma’lumotlarga köra, uning uzunligi 7,22 metrni taşkil etadi.
Tadqiqotçilar narkoz ostida uning uzunligi 7,9 metrgaça yetişi mumkinligini taxmin qilişgan.
Ma’lum qilinişiça, ilonning vazni 96,5 kilogrammni taşkil etadi.
Hozirda u tabiatni himoya qiluvçi Budi Purvanto nazoratida saqlanmoqda.
Törli piton – Osiyoda uçraydigan ilon bölib, hayvonot olamidagi eng uzun ilon hisoblanadi.
Dunyodagi rasman qayd qilingan eng yirik törli pitonning uzunligi 7,5 metr bölib, u Borneo orolida uşlangan va 2002 yili Nyu-Yorkdagi Bronks hayvonot boğida ölgan.











