Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston Buyuk Britaniyani talabalarga o‘z eshiklarini ochishga chaqirdi
Foto: AP
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi o‘zining britaniyalik hamkasbi Tereza Meyga kinoyali taklifini bildirdi. U Buyuk Britaniya universitetlari hindistonlik talabalarni ko‘proq qabul qilishi kerakligini aytgan, deb xabar qilmoqda The Guardian nashri.
Hind hukumati rahbari Buyuk Britaniya va Hindiston o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni faollashtirishga bag‘ishlangan matbuot anjumanida britaniyalik hamkasbiga murojaat qilgan.
«Ta'lim bizning talabalarimiz uchun muhim ahamiyatga ega va kelajagimizni hamkorlikda barpo etishdagi ishtirokimizni belgilaydi. Shu boisdan, biz yoshlarimizning ilmiy tadqiqotlarda ishtirokini ta'minlashimiz kerak», — degan Narendra Modi.
Nashrning qayd etishicha, avvalroq, Mey o‘z bayonoti bilan Hindistonning ikki davlat o‘rtasidagi viza tartibini yengillatish umidini puchga chiqargan edi. Endi esa, Britaniya bosh vaziri ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarning ochiqlik prinsiplariga asoslanishi zarurligini e'tirof etib, erkin savdoni rivojlantirish g‘oyasini yoqlagan hamda hind sayyohlarining Britaniyaga kelishi soddaroq bo‘lishini aytgan.
Mavzuga oid
14:52 / 28.02.2026
Nemsovning o‘ldirilganiga 11 yil: YeI jinoyat haqida eslatdi
18:55 / 27.02.2026
MO davlatlari va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirlari ilk marta C5+1 formatida uchrashdi
14:37 / 26.02.2026
Ukraina dronlari uchun “ikkinchi kontur”: ishlab chiqarish Britaniyaga kengaydi
12:44 / 26.02.2026