Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Klinton mashhurligi bo‘yicha har jihatdan Trampni ortda qoldirmoqda
Foto: svopi.ru
AQSh prezidentligi uchun nomzodlar Hillari Klinton va Donald Tramp suratlari tushirilgan turli xil mahsulotlar orasida, siyosatchilar surati tushirilgan hojatxona qog‘ozlariga ham talab katta bo‘layotgani aytilmoqda. Bu haqda, Wired nashri xabar qilmoqda.
The New York Post nashrining yozishicha, Klinton tasviri aks etgan shaxsiy tozalik vositasi Tramp surati tushirilgan xuddi shunday mahsulotni xarid hajmi bo‘yicha ortda qoldirmoqda. Biroq, Hellouin bayrami arafasida respublikachi nomzod suratlari aksidagi niqob, futbolka va yasama sochlar ancha mashhur bo‘lgani xabar qilingan edi.
Iyun oyida ayni shu nashrning yozishicha, nomzodlar suratlari tushirilgan hojatxona qog‘ozlarini ishlab chiqaruvchi Xitoyning Qingdao Wallpaper Industrial Co. kompaniyasi Tramp o‘ramlari Klintonnikiga qaraganda 6 marta yaxshiroq sotilgani haqida ma'lum qilgan.
6 noyabr kuni o‘tkazilgan saylovoldi ijtimoiy so‘rov natijalariga ko‘ra, Demokratik partiya nomzodi Hillari Klintonga saylovchilarning 44 foizi ovoz berishni rejalashtirmoqda. 40 foizi respublikachi milliarder Donald Tramp nomzodini yoqlagan. Oktyabr oyi o‘rtalarida Klinton va Trampning orasidagi farq 11 punktni tashkil etgan edi.
AQSh prezidentligi uchun saylovlar ertaga 8 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
23:48 / 10.05.2026
Eron AQShning so‘nggi tinchlik taklifiga javob qaytardi
10:19 / 09.05.2026
AQSh Venesueladan boyitilgan uran zaxiralarini olib chiqdi
07:43 / 09.05.2026
Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasida uch kunlik sulhni e’lon qildi
21:36 / 08.05.2026