Qozon shahrida o‘zbekistonlik taksichi politsiyachi bilan "poyga o‘ynadi"

Qozon shahrining Novo-Savinovskiy tumanida yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari qoidabuzarni ta'qib qilishdi. O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan haydovchi YTH sodir etgan va hovlilar oralab politsiyadan qochishga uringan. Bu haqda «Efir-24» telekanali efirida ma'lum qilindi.
O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan bu shaxs Daewoo Nexia rulida ketayotib, yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan, qarama-qarshi yo‘nalishda tezlikni oshirgan holda harakatlangan, yakunda avariya sodir etgan hamda mashinani qoldirib, qochib qolishga tutingan. Lekin inspektorlar uni ko‘p o‘tmasdan tutib olishgan.
Guvohlarning ma'lumotlariga ko‘ra, haydovchi birinchi darajali qoidalarni inkor qilgan va svetofor chiroqlariga qaramagan. Yo‘l oxirida esa qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan. U transport vositalari ko‘p hududga bostirib yurib, qaltis harakatlarni amalga oshirgan. U to‘qnashuvdan qochish uchun mashinani hovlilar tomon haydagan, lekin mashina yo‘l chetidagi chuqurga tushib qolgan.
Uning haydovchilik hujjatlari joyida bo‘lgan, ammo u alkogol testidan o‘tishni istamagan. Mashina avtomobillar saqlanish hududiga olib ketilgan, haydovchini esa sud kutmoqda.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya qurilish sohasida mehnat qilayotgan migrantlar soni 500 mingga tushib qoldi
Jahon | 18:26
-
Yevropa Ittifoqining navbatdagi sanksiyalar paketiga O‘zbekiston kompaniyalari kiritilishi mumkin – OAV
Jahon | 18:22
-
Rossiyada migrant bolalarning 81 foizi rus tili imtihoniga kiritilmadi
Jahon | 17:58
-
Tojikistonda ijtimoiy tarmoqlarda «layk» bosganlik uchun jinoiy javobgarlik bekor qilindi
Jahon | 17:55
Mavzuga oid

20:39 / 11.04.2025
Rossiyada taksi ilovalarida migrant haydovchini rad qilish funksiyasi joriy qilinishi mumkin

18:19 / 07.04.2025
“Har biriga ming dollar” – Andijonda pul evaziga fuqarolarni Rossiya-Ukraina urushiga yollashga uringan taksichi qamaldi

09:51 / 20.01.2025
OAV: Qozonga Ukraina dronlari hujum qildi

09:58 / 09.01.2025