Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent va Qozon o‘rtasida poyezdlar harakati tiklandi
O‘zbekiston poytaxtini Tatariston markazi bilan bog‘laydigan poyezd 21 dekabr kuni jo‘nab ketdi.
Toshkent - Qozon - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha temiryo‘l qatnovlari ochildi, deb xabar berdi Transport vazirligi.
21 dekabr kuni Toshkent-Markaziy vokzalidan 315/316-sonli Toshkent - Qozon - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lovchi poyezdi yo‘lga chiqdi.
O‘zbekiston poytaxtini Rossiyaning Tatariston Respublikasi markazi bilan bog‘laydigan qatnovlar haftasiga bir marta amalga oshiriladi.
Poyezd Toshkentdan yakshanba kuni jo‘nab ketadi va chorshanba kuni manzilga yetib boradi. Shuningdek, Qozondan payshanba kuni yo‘lga chiqib, yakshanba kuni yetib keladi.
Poyezd tarkibi 7 ta vagondan iborat bo‘lib, 342 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan.
Mavzuga oid
10:42
“Faqat smartfoni yo‘qlarga taalluqli” - O‘zbekiston TIV Rossiyaning migrantlarga yangi talabi haqida
10:40
Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan vatandoshlar O‘zbekistonga olib kelindi
09:49
Polshada ukrainalik yigit Rossiya razvedkasiga yordam berishda ayblandi
08:46 / 16.07.2026