«Öztemiryölyölovçi» AJ matbuot xizmati xabariga köra, joriy yilning 14 dekabr kunidan boşlab 315/316-sonli «Toşkent — Qozon — Toşkent» yönalişida yölovçi poyezdi muntazam ravişda, haftasiga bir marotaba qatnovni amalga oşiradi.
315-sonli «Toşkent — Qozon» yönalişidagi yölovçi poyezdi 21 dekabr, haftaning yakşanba kuni soat 23:55 da Toşkent-Markaziy vokzalidan jönab ketadi hamda çorşanba kuni Qozon temiryöl vokzaliga soat 13:47 da yetib boradi.
316-sonli «Qozon — Toşkent» yönalişidagi yölovçi poyezdi 25 dekabr, haftaning payşanba kuni soat 10:33 da Qozon temiryöl vokzalidan jönatiladi va yakşanba kuni soat 04:32 da Toşkent-Markaziy vokzaliga kirib keladi.
Poyezd tarkibi 7 ta vagondan taşkil topgan bölib, bir vaqtning özida 342 nafar yölovçiga xizmat körsatiş imkoniyati mavjud.
Kompaniya axborotiga köra, mazkur yönalişdagi muntazam qatnovlar Özbekiston va Rossiya örtasidagi yölovçi aloqalarini kengaytiriş, fuqarolar uçun qulay va xavfsiz temiryöl sayohatini ta’minlaşga xizmat qiladi.

















